O‘zbekiston milliy jamoasida koronavirusga chalinish holatlari aniqlanmoqda
Srechko Katanets va Hojimat Erkinov koronavirusga chalindi. Sloveniyalik mutaxassis o‘z yurtida karantinda bo‘lib turibdi. Jamoani esa uning yordamchilari boshqarmoqda.

Foto: O‘FA
O‘zbekiston milliy jamoasida koronavirus bilan bog‘liq holatlar aniqlandi.
O‘FA matbuot xizmatining xabar berishicha, milliy jamoa bosh murabbiyi Srechko Katanets Dubaydagi yig‘inga Sloveniyadan yetib borishi rejalashtirilgan edi. Biroq kelish oldidan topshirilgan test musbat natija ko‘rsatgan.
«Bugungi kunda yana tez sur’atlarda tarqalayotgan koronavirus infeksiyasi futbol olamiga ham o‘z ta’sirini o‘tkazmoqda. Shu jumladan, O‘zbekiston milliy jamoasini ham kovid bilan bog‘liq vaziyat chetlab o‘tmadi.
Xususan, milliy terma jamoamiz bosh murabbiyi Srechko Katanets Dubaydagi yig‘inga Sloveniyadan yetib kelishi rejalashtirilgan edi. Biroq, bevosita ketish oldidan topshirilgan test musbat natijani keltirib chiqargan. Shu tariqa, sloveniyalik mutaxassis o‘z yurtida karantin o‘tashga majbur bo‘ldi. Umid qilamizki, karantin davri tugagach, murabbiyimiz o‘z sog‘ligini tiklagan holda terma jamoa boshqaruviga qaytadi. Unga qadar Katanetsning yordamchi murabbiylari yig‘inning boshlang‘ich qismida terma jamoani boshqarib turadi», deyilgan rasmiy xabarda.
Milliy jamoa Dubayga yetib kelgach, delegatsiyaning barcha a’zolari PsR-test topshirgan va «Paxtakor» yarimhimoyachisi Hojimat Erkinov virus yuqtirib olgani ma’lum bo‘lgan. Futbolchi izolyatsiyaga olingan. Erkinov karantin muddati yakunlangach, qayta test topshiradi va manfiy natija bo‘lsa, mashg‘ulotlarga qo‘shiladi.
Mavzuga oid

09:00 / 24.01.2025
«Oq bo‘rilar»da «to‘daboshi» o‘zgardi: Kopa uddalaydimi?

22:19 / 23.01.2025
«Necha marta shartnomani bekor qilishni so‘raganimni bilasizmi?» – Katanets murabbiylik faoliyatini yakunlamoqda

13:49 / 23.01.2025
Temur Kapadze: «Oldimizda mas’uliyatli o‘yinlar turibdi. Biz askarmiz. Vazifa berildi va uni bajarishimiz kerak»

21:24 / 22.01.2025