Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Temur Kapadze: «Oldimizda mas’uliyatli o‘yinlar turibdi. Biz askarmiz. Vazifa berildi va uni bajarishimiz kerak»
O‘zbekiston milliy jamoasi bosh murabbiyiga aylangan Temur Kapadze O‘FA matbuot xizmatiga o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Foto: O‘FA
«Avvalo, Srechko Katanetsga salomatlik tilaymiz. Barchamiz murabbiy boshlagan ishini o‘zi yakunlashini xohlagandik. Ammo sog‘liq birinchi o‘rinda turadi.
Milliy jamoa menga begona emas. O‘ynaganman, bosh murabbiy va yordamchi murabbiy ham bo‘lganman. Biz askarmiz. Vazifa yuklatildi va uni bajarishimiz kerak.
Oldimizda mas’uliyatli o‘yinlar turibdi. Hammasi joyida bo‘ladi, deb o‘ylayman. Murabbiylar shtabi va futbolchilar bilan kirishib ketamiz. Bu yig‘indan unumli foydalanamiz, yangi futbolchilar ham bor. Muhimi — barcha o‘yinchilar martdagi muhim bahslarga yaxshi formada kelishsin. Futbolchilarning kuchi va mahorati jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritishimizga yetadi. Barchamizning orzumiz bir. Xalqimizdan duoda bo‘lib turishni so‘rab qolaman», — deydi Kapadze.
Eslatib o‘tamiz, Kapadze sog‘lig‘i yomonlashgani bois lavozimini tark etgan Srechko Katanets o‘rnini egalladi. Milliy jamoa yangi murabbiy qo‘l ostida dastlabki o‘yinini 27 yanvar kuni Iordaniyaga qarshi o‘rtoqlik bahsida o‘tkazadi.
Tavsiya etamiz
Soch to‘kilishi, ko‘z osti qorayishi, lab yorilishi: tana tili bizni nimalardan ogohlantiradi?
Jamiyat | 17:08 / 10.07.2025
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Har yakshanba kunlari Toshkentdan Maldivga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar
O‘zbekiston | 09:00 / 11.07.2025
-
Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyo davlatlari Dushanbeda terrorizmga qarshi ilk muloqotni o‘tkazdi
Jahon | 17:23
-
Fransiya X ijtimoiy tarmog‘iga jinoiy ish ochdi
Jahon | 17:05
-
VALVOLINE – Konferensiya 2025: FIFA Jahon Chempionati, FORMULA 1, Gollandiyaga sayohat
O‘zbekiston | 17:00
Mavzuga oid

14:41 / 10.06.2025
«Meros». Srechko Katanetsga bag‘ishlanadi

20:01 / 09.06.2025
Qatar biz uchun noqulay raqib, lekin undan kuchlimiz – Temur Kapadze

15:27 / 07.06.2025
Xatolar ulg‘aytirgan jamoa. O‘zbekistonning mundial sari uzoq yo‘li haqida

14:32 / 29.03.2025