Noshirlik faoliyati to‘g‘risidagi qonunning yangi tahriri qabul qilindi
Prezident tomonidan “Noshirlik faoliyati to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi. U Qonunchilik palatasi tomonidan 2021 yil 4 martda qabul qilingan va Senat tomonidan 2021 yil 23 aprelda ma'qullangan.
Qonun 7 ta bob va 34 ta moddadan iborat. Noshirlik faoliyatining asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat: noshirlik faoliyatining erkinligi; kitobxonlik madaniyatini ommalashtirish va oshirish; mualliflik huquqlarini himoya qilish; noshirlik faoliyati erkinligini suiiste'mol qilishga yo‘l qo‘ymaslik.
Noshirlik faoliyati sub'yektlari o‘z faoliyatida mustaqildir, nashrga tayyorlangan qo‘lyozmalarni va materiallarni senzuradan o‘tkazishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Fuqarolarning sha'ni va qadr-qimmatiga yoki ishchanlik obro‘yiga putur yetkazuvchi, mazmuniga ko‘ra ularning shaxsiy hayotiga aralashuv deb qaralishi mumkin bo‘lgan nashrlarni hamda noshirlik mahsulotini chiqarish va tarqatish taqiqlanadi.
Noshirlik faoliyati sohasi Vazirlar Mahkamasi va prezident administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan tartibga solinadi.
Noshirlik faoliyatining sub'yektlari quyidagilardan iborat: nashriyot; tayyorlovchi; buyurtmachi; tarqatuvchi.
Noshirlik faoliyati xabardor qilish tartibida amalga oshiriladi. Quyidagi hollarda xabardor qilish tartib-taomillaridan o‘tish talab etilmaydi:
- davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, markaziy muassasalar, sudlar, prokuratura organlari tomonidan rasmiy materiallar, normativ-huquqiy hujjatlar to‘plamlarini hamda boshqa hujjatlarni nashr etishda;
- respublika ahamiyatiga ega bo‘lgan nodavlat va notijorat tashkilotlari, shuningdek tashkilotlar, ta'lim va ilmiy muassasalar tomonidan o‘z faoliyati uchun zarur bo‘lgan, ommaviy ravishda tarqatish yoki qo‘lyozma huquqi asosida ko‘paytirish uchun mo‘ljallanmagan materiallarni nashr etishda;
- ommaviy axborot vositalari ushbu ommaviy axborot vositalarining tahririyatlari tomonidan chop etilganda.
Noshirlik mahsulotini tarqatish shartnomalar asosida amalga oshiriladi.
Tavsiya etamiz
O‘qituvchilarni ovoz yig‘ishga majburlagan maktab direktori ishdan olindi
O‘zbekiston | 11:20 / 14.03.2025
Putin AQSh va Ukrainaning 30 kunlik otashkesim taklifiga rozi bo‘ldi
Jahon | 23:00 / 13.03.2025
“Xitoy bilan oramiz buzilishini istovchi davlatlar bor” – tarmoqdagi dolzarb mavzu haqida suhbat
O‘zbekiston | 15:17 / 13.03.2025
«Credit House» ishi: Minglab odamlar uysiz va pulsiz qolyapti
O‘zbekiston | 12:30 / 13.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ukraina Qurolli kuchlari Kursk oblastidagi asosiy vazifasini bajarib bo‘ldi - Zelenskiy
Jahon | 00:22
-
Qashqadaryoda bosqinchilik bilan shug‘ullanib kelgan jinoiy guruh a’zolari qo‘lga olindi
Jamiyat | 23:40 / 14.03.2025
-
Kanadaning yangi bosh vaziri qasamyod keltirdi
Jahon | 23:29 / 14.03.2025
-
Ozoda Nursaidova klipi jarayonida avariya bo‘lgan aktrisa Turkiyada operatsiya qilinadi - voqea tafsilotlari
Jamiyat | 23:03 / 14.03.2025
Mavzuga oid

09:52 / 21.02.2025
“Davlat boji to‘g‘risida”gi qonunga o‘zgartirishlar kiritildi

23:17 / 13.02.2025
O‘zbekistonda pensiyani arizasiz - avtomatik tarzda tayinlash tizimiga o‘tiladi

12:15 / 06.02.2025
2024 yilda 60 mingdan ortiq norasmiy tadbirkor qonuniylashtirildi

11:58 / 30.01.2025