“Davlat boji to‘g‘risida”gi qonunga o‘zgartirishlar kiritildi
Qonun bilan “Davlat boji to‘g‘risida”gi qonunga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritildi.
Qonunga tegishincha issiqlik va elektr energiyasini yetkazib berish yuzasidan xizmatlar uchun to‘lovlar bo‘yicha qarzlarni undirish to‘g‘risidagi da’volar, arizalar va shikoyatlar bilan fuqarolik ishlari bo‘yicha va iqtisodiy sudlarga murojaat qilinganda issiqlik va elektr energiyasini yetkazib beruvchilar davlat bojini to‘lashdan ozod etilishini nazarda tutuvchi qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritilmoqda.
Ularning talablarini qanoatlantirish to‘liq yoki qisman rad etilgan taqdirda mazkur davlat bojini issiqlik va elektr energiyasini yetkazib beruvchilardan undirish belgilanmoqda.
Chet el tijorat tashkilotlarining vakolatxonalarini O‘zbekiston hududida akkreditatsiya qilishda davlat bojini to‘lash har bir yil uchun amalga oshirilishini aniqlashtiruvchi o‘zgartirish kiritilmoqda.
Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Mavzuga oid

14:09 / 04.03.2025
AQShda Kanada va Meksikadan importga bojlar kuchga kirdi

11:47 / 20.02.2025
Germaniya avtosanoati Yevroittifoqni AQShga bojlar bo‘yicha imtiyoz berishga chaqirdi

23:17 / 13.02.2025
O‘zbekistonda pensiyani arizasiz - avtomatik tarzda tayinlash tizimiga o‘tiladi

12:15 / 06.02.2025