Jahon | 17:25 / 24.11.2021
14987
2 daqiqa o‘qiladi

Shimoliy Koreyada «Kalmar o‘yini» serialini ko‘chirib sotgan erkak o‘limga hukm qilindi

Serialni tomosha qilgan maktab o‘quvchilari besh yillik majburiy mehnatga hukm qilingan, maktab xodimlari esa ishdan bo‘shatilgan.

Foto: Netflix

KXDR fuqarosi «Kalmar o‘yini» serialini ko‘chirib sotgani uchun o‘limga hukm qilindi. Bu haqda RFA xabar bermoqda.

U serialni Xitoyda flesh xotiraga ko‘chirib olgan va uyiga qaytganidan so‘ng nusxa ko‘paytirib hamyurtlariga sotgan.

Ushbu holat bir necha nafar maktab o‘quvchilari serial tomosha qilib o‘tirganida ushlanganidan so‘ng aniqlangan. O‘quvchilar besh yilga majburiy mehnatga hukm qilingan, maktab xodimlari esa ishdan bo‘shatilgan.

«Hukumat bunga jiddiy qaraydi, chunki bunday holatlar yoshlarning ta'lim olishini buzadi. Markaziy qo‘mita maktab direktori, yoshlar ishlari bo‘yicha kotib va sinf rahbarini ishdan bo‘shatdi», — degan manba.

Qayd etilishicha, KXDRda o‘tgan yili kapitalistik mamlakatlar videomahsulotlarini olib kirganlik va tarqatganlik uchun jazolash ko‘zda tutilgan qonun qabul qilingan.

Mavzuga oid