JSST: Qizamiq qaytdi va bu tashvishli signal
O‘tgan yili Yevropa mintaqasida qizamiqqa chalinish bo‘yicha 127 mingdan ortiq holat qayd etildi - bu 2023 yilga nisbatan ikki barobarga ko‘p.

Foto: Shutterstock
JSST va YuNISEF tahlillariga ko‘ra, 2024 yilda Yevropa mintaqasida qizamiq bilan kasallanishga oid 127 ming 350 ta holat qayd etilgan — bu bir yil oldingi ko‘rsatkichdan ikki barobarga ko‘p demak. Shuningdek, bu 1997 yildan beri qayd etilgan eng yuqori ko‘rsatkichga aylandi.
Yevropa va Markaziy Osiyodagi 53 ta davlatni qamrab olgan mintaqada qizamiqning 40 foizdan ortig‘i besh yoshgacha bo‘lgan bolalar hisobiga to‘g‘ri kelgan. Ro‘yxatga olingan holatlarning yarmidan ko‘pida bemorlar shifoxonaga murojaat qilgan. 2025 yil 6 mart holatiga ko‘ra, qizamiqdan jami 38 kishi vafot etgan.
Mintaqada qizamiqqa chalinish holatlari 1997 yildan beri kamayib kelayotgan edi — o‘shanda 216 ming kishida ushbu kasallik aniqlangan, 2016 yilda esa minimumga tushgan — 4 440 ta holat. Ammo 2018 va 2019 yillarda ushbu yuqumli kasallikka chalinish holatlari keskin oshdi (mos ravishda 89 ming va 106 mingta holat aniqlangan). Koronavirus pandemiyasi vaqtidagi immunizatsiyadan keyin chekingan kasallik 2023 va 2024 yilda yana ko‘paydi. Ko‘plab mamlakatlarda emlash ko‘rsatkichlari hali pandemiyadan oldingi darajaga qaytmagan, bu esa epidemiya xavfini oshirmoqda.
«Qizamiq qaytdi va bu tashvishli signal. Yuqori darajadagi vaksinatsiyasiz sog‘liqni saqlash sohasida hech qanaqa xavfsizlik yo‘q… Har bir mamlakat jamiyatda emlanish darajasini qamrab olish uchun sa’y-harakatlarini faollashtirishi kerak», — deydi JSSTning Yevropa bo‘yicha mintaqaviy direktori Xans Anri P.Klyuge.
2024 yilda butun dunyoda qayd etilgan qizamiqning uchdan bir qismi Yevropa hisobiga to‘g‘ri kelgan. 2023 yilning o‘zida mintaqadagi 500 ming bola qizamiqqa qarshi vaksinaning birinchi dozasini olgan.
Qizamiq – yuqori yuqumlilik darajasiga ega, og‘ir kechuvchi o‘tkir infeksion virusli kasallik bo‘lib, butun yer yuzida bolalar o‘limiga sabab bo‘ladi. Butun dunyoda shuningdek, O‘zbekistonda ham 1963 yildan boshlab qizamiqqa qarshi vaksina sog‘liqni saqlash tizimida Milliy emlash kalendariga kiritilgan.
Tavsiya etamiz
«Ba’zilar uchun genotsid daromadli» - BMT eksperti butun dunyoni Isroil bilan savdoni to‘xtatishga chaqirdi
Jahon | 18:56 / 04.07.2025
40 daraja issiq: bunaqa paytda xodimlar qanday huquqlarga ega?
Jamiyat | 17:15 / 03.07.2025
Issiqdan qanday saqlanish kerak? – JSST tavsiyalari
O‘zbekiston | 16:06 / 02.07.2025
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Rossiya deyarli barcha demografik statistikani maxfiylashtirdi
Jahon | 23:25 / 05.07.2025
-
O‘zbekiston, Ozarboyjon va Qozog‘iston «yashil energiya» yo‘lagi bo‘yicha qo‘shma korxona tashkil etdi
Iqtisodiyot | 23:07 / 05.07.2025
-
Buyuk Britaniya Suriya bilan diplomatik munosabatlarni tikladi
Jahon | 22:45 / 05.07.2025
-
Toshkentda tilanchilik bilan shug‘ullangan 70 kishiga ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi
Jamiyat | 22:35 / 05.07.2025
Mavzuga oid

10:10 / 05.07.2025
Nemis kompaniyalarining O‘zbekiston bozoriga kirishi osonlashtiriladi

15:28 / 03.07.2025
YeI 2040 yilga borib CO2 tashlamalarini 90 foizga qisqartiradi

10:58 / 30.06.2025
Yevropada rekord darajadagi jazirama: Fransiyada yong‘inlar, Germaniyada qurg‘oqchilik

21:51 / 26.06.2025