Bugungi kunda 20ta avtobekat o‘z faoliyatini boshlagan. Oy oxiriga qadar yana 3ta bekat faoliyatini yo‘lga qo‘yadi. Ushbu avtobekatlarning afzallik tarafi yengil konstruksiya asosida qisqa fursatda tayyor bo‘ladi. Bitta bekat uchun xarajat eski tipdagi avtobekatlar uchun sarflanadigan mablag‘ning to‘rtdan biriga teng.
Ushbu avtobekatlarda aholiga qulaylik yaratish maqsadida Wi-Fi, biohojatxonalar va konditsioner o‘rnatilgan. Bekatlar uchun budjet hisobidan mablag‘ sarflanmaydi, tadbirkorlarning o‘z mablag‘lari evaziga faoliyati yo‘lga qo‘yiladi. Buning natijasida qo‘shimcha 50ta yangi ish o‘rni yaratiladi.