Toshkent shahrida yangi turdagi avtobus bekatlari o‘rnatilishi rejaga kiritilgan. Bu haqda poytaxt hokimligi xabar berdi.
Qayd qilinishicha, yangi turdagi bekatlar 2 xil o‘lchamda: 3,2 metr va 6,5 metr bo‘ladi.
Bekatlar zamonaviy multimedia tizimlari va ichki ishlar organlariga tezkor chaqiruv tugmasi bilan ta’minlanadi. Shu bilan birga, videokuzatuv kamerasi o‘rnatiladi.
Ta’kidlanishicha, bekatdagi oyna -25 daraja sovuq hamda +60 daraja issiqqa bardosh bera oladi.