Toshkent shahri Chilonzor tumanidagi gavjum metro bekati yonidagi avtobekat modernizatsiya qilinadi.
Tuman hokimligi xabariga ko‘ra, eski bekat o‘rnida yangi, zamonaviy avtobekat qurilishi boshlandi. Yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida bekat yonida aqlli svetofor o‘rnatilishi rejalashtirilgan.
Avtobekatning ikkinchi qavatida kafe joylashgan terassa bo‘ladi. Bekat ichidagi ochiq hovliga esa daraxt ekish rejalashtirilgan.
Hokimlik loyiha boshlanishi haqida oldindan xabar berolmagani uchun qurilishga mas’ul tashkilotlar aholidan uzr so‘raganini bildirgan.