Jahon | 20:40 / 22.10.2021
8955
2 daqiqa o‘qiladi

Janubiy Koreyada ishchilar “Kalmar o‘yini” seriali qahramonlari libosida namoyishga chiqdi

Ishchilarning so‘zlariga ko‘ra, ular ham serial qahramonlari kabi tirikchilik qilish uchun bor kuchlari bilan harakat qilmoqda.

Foto: AP

Janubiy koreyalik ishchilar “Kalmar o‘yini” seriali qahramonlari libosida mitingga chiqdi, deb xabar berdi Reuters.

Xabarda aytilishicha, Koreya kasaba uyushmalari konfederatsiyasining (KCTU) minglab a'zolari Janubiy Koreyaning bir nechta shahrida umummilliy namoyishlar tashkil etdi. Mamlakat bo‘yicha minglab kishilar hukumatdan mehnat sharoitlarini yaxshilash va eng kam ish haqi miqdorini oshirishni so‘rab ko‘chalarga chiqdi.

Seuldagi namoyishlarda o‘nlab ishchilar “Kalmar o‘yini” seriali qahramonlari libosida qatnashdi.

Ishchilarning so‘zlariga ko‘ra, ular ham serial qahramonlari kabi tirikchilik qilish uchun bor kuchlari bilan harakat qilmoqda.

Janubiy Koreyaning “Kalmar o‘yini” seriali omon qolish haqida bo‘lib, voqealar zamonaviy Seulda yuz beradi. 456 kishidan iborat guruhga yirik miqdordagi mablag‘ni yutib olish imkoniyatini beruvchi bolalar o‘yinlarini o‘ynash taklif etiladi, ammo o‘yinda yutqazganlar hayot bilan vidolashishiga to‘g‘ri keladi.

Mavzuga oid