Zomin tog‘larida yong‘in chiqdi. Olovni o‘chirish uchun yuzlab xodimlar va 4ta vertolyot jalb etilgan (video)
Jizzax viloyatining Zomin tumanidagi tog‘li hududda yong‘in chiqdi.

FVV matbuot xizmati xabariga ko‘ra, 1 avgust kuni soat 10:40 larda Jizzax viloyati Zomin tumani «Duoba» QFY O‘riklisoy qishlog‘idagi dala maydonida yong‘in sodir bo‘lgani to‘g‘risida viloyat FVBga ma'lumot kelib tushgan. Yong‘in joyiga 4ta yong‘in-qutqaruv bo‘linmasi hamda 24 nafar shaxsiy tarkibdan iborat dastlabki bo‘linmalar yetib borib, yong‘inni o‘rab olish ishlarini boshlagan.
Vazirlik keyinroq hodisa bo‘yicha qo‘shimcha ma'lumot berdi, unga ko‘ra, yong‘in hududining kengayib ketishining oldini olish va uni butunlay o‘chirish uchun Favqulodda vaziyatlar vazirligidan yana qo‘shimcha 350dan ortiq shaxsiy tarkib, Mudofaa vazirligidan 4ta vertolyot, shuningdek, Milliy gvardiya, Ichki ishlar, Davlat ekologiya qo‘mitasi va boshqa tashkilotlarning kuch va vositalari jalb etilgan.
Hodisa tafsilotlari to‘g‘risida qo‘shimcha ma'lumot berilishi ma'lum qilingan.
Tavsiya etamiz
Yozda top-klublar «talashishi» kutilayotgan 11 hujumchi
Sport | 15:30 / 01.04.2025
Konteynerni o‘quv markaziga aylantirgan vodillik talaba hikoyasi
Jamiyat | 09:03 / 01.04.2025
Samarqand shahriga kirish yo‘llari vaqtincha yopiladi
O‘zbekiston | 21:35 / 30.03.2025
Dunyo bo‘ylab Ramazon hayiti qanday kutib olindi – fotolar
Jahon | 20:30 / 30.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Samarqandda xalqaro sammit oldidan elektr ta’minoti tizimi qayta ta’mirlandi
O‘zbekiston | 17:00
-
Navoiyda 10-sinf o‘quvchisi talabalikni naqd qildi. U 11-sinfni o‘qimasa bo‘ladimi?
Jamiyat | 16:51
-
22-tuzatish. Trampning uchinchi prezidentlik muddatiga nima to‘sqinlik qiladi?
Jahon | 16:28
-
Senator Kori Buker Trampni uzluksiz 25 soat tanqid qilib, rekord o‘rnatdi
Jahon | 15:06
Mavzuga oid

10:12 / 31.03.2025
Namangandagi yong‘inda 4 yoshli bola halok bo‘ldi

09:05 / 25.03.2025
Janubiy Koreyani o‘rmon yong‘inlari qamrab oldi. Fotoreportaj

21:25 / 24.03.2025
Do‘rmonda bir-biriga tutash 3 ta uyda yong‘in sodir bo‘ldi

19:54 / 24.03.2025