Haydovchilik guvohnomasini olib bermoqchi bo‘lgan avtomaktab ustasi qo‘lga olindi

Marg‘ilon shahrida mashg‘ulotlarga qatnashmasdan turib ham 15 kun ichida haydovchilik guvohnomasini olib bermoqchi bo‘lgan avtomaktab ustasi ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi departament xabar qilmoqda.
Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Marg‘ilon shahar bo‘limlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbir davomida “P.A.” MChJga qarashli avtomaktab katta ustasi T.X. fuqaro N.ga o‘quv mashg‘ulotlariga qatnashmasdan 15 kun ichida haydovchilik guvohnomasini olib berish evaziga 350 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Avvalroq Oltiariq tumanida soxta diplom tayyorlab bermoqchi bo‘lgan firibgar qo‘lga olingani haqida xabar berilgan edi.
Tavsiya etamiz
Importga cheklovlar: mas’ul va faollar o‘rtasida qizg‘in tortishuv
O‘zbekiston | 22:40 / 08.04.2025
YeChLda chorakfinal. «Real» va «Arsenal» o‘yinida kim favorit?
Sport | 19:34 / 08.04.2025
Toshkentdagi qahvaxonada til bilan bog‘liq holat muhokamalarni keltirib chiqardi
O‘zbekiston | 23:03 / 07.04.2025
Xitoylik tadqiqotchilar Osiyoda yangi zilzilalar kuzatilishidan ogohlantirdi
Jahon | 21:46 / 06.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
YeChL. "Barselona" "Borussiya Dortmund"ga javobsiz to‘rtta gol urdi, "PSJ" "Aston Villa" ustidan ishonchli g‘alabaga erishdi
Sport | 02:04
-
Zelenskiy Rossiya xitoyliklarni urushga TikTok orqali yollayotganini ma’lum qildi
Jahon | 00:52
-
Osiyo kubogi U-17. O‘zbekiston o‘smirlar jamoasi Saudiya Arabistoni ustidan yirik g‘alabaga erishdi
Sport | 00:22
-
Estoniya prezidenti Rossiya va Belarus fuqarolarining mahalliy saylovlarda ovoz berishini taqiqlovchi qonunni tasdiqladi
Jahon | 23:52 / 09.04.2025
Mavzuga oid

20:40 / 09.11.2024
Samarqandda 600 dollarga soxta «prava» rasmiylashtirib bergan avtomaktab xodimi ushlandi

20:39 / 11.01.2024
“Prava”ni sotish alohida jinoyat turi deb belgilanadi

19:52 / 08.10.2023
Sirdaryoda tanishlari orqali 400 dollarga «prava» olib berishni va’da qilgan shaxs ushlandi

15:53 / 08.10.2023