“Prava”ni sotish alohida jinoyat turi deb belgilanadi
Haydovchilarni tayyorlash va qayta tayyorlash, shuningdek imtihon o‘tkazish va haydovchilik guvohnomasini berish tartibini buzganlik uchun alohida jinoiy javobgarlik belgilanadi. Senatda ko‘rilayotgan qonunda ana shunday norma ham borligi ma’lum bo‘ldi.

Ochiq manbalardan olingan surat
Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi bir nechta kodekslarga yo‘l harakati xavfsizligi bo‘yicha o‘zgartishlar kiritish haqidagi qonunni ko‘rib chiqmoqda.
Qonun bilan, quyidagi huquqbuzarliklar Jinoyat kodeksiga kiritilishi mumkin:
- transport vositasini takroran mast holda boshqarish (sanksiyasi – 3 yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilib, 2 yildan 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki 2 yildan 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish)
- avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash, shuningdek imtihon o‘tkazish va haydovchilik guvohnomasini berish tartibini buzish;
- transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum etilgan shaxsning transport vositasini boshqarishi;
- siqilgan tabiiy gazda, suyultirilgan neft gazida yoki dizel va gazsimon yoqilg‘i aralashmasida ishlaydigan transport vositalaridan foydalanishda xavfsizlik qoidalarini buzish.
Shuningdek, transportda bezorilik, ya’ni ayrim haydovchilar tomonidan boshqarish madaniyatiga rioya qilmay, transport vositasini keskin boshqarish va boshqa harakatlarda ifodalangan “agressiv boshqarish”, “drift”, “shaxmat” shaklida harakatlanish, yo‘llarda to‘siqlarni paydo qilish kabi qoidabuzarliklar uchun ma’muriy javobgarlik nazarda tutilmoqda.
Bu qonunda haydovchilarga qoidabuzarliklari uchun jarima ballari tizimi joriy etilishi ham ko‘zda tutilgan. Lekin Senat matbuot xizmati xabarida bu masala tilga olinmagan.
Qonunda, shuningdek, huquqni muhofaza organ xodimlarining tasvirlarini ularni obro‘sizlantirish maqsadida internetda tarqatganlik uchun javobgarlik kiritilishi ham ko‘zda tutilgan. Jamoatchilik tanqidlariga sabab bo‘layotgan bu norma, Senat axborotida aytilishicha, rivojlangan davlatlar qonunchiligida ham bor.
Eslatib o‘tamiz, Qonunchilik palatasi ushbu qonunni 2023 yil noyabr oyida qabul qilgan edi. O‘shanda berilgan rasmiy xabarlarda “prava”ni sotish alohida jinoyat turi deb belgilanishi haqidagi ma’lumot uchramaydi.
2022 yil yanvar oyidagi yig‘ilishda prezident Shavkat Mirziyoyev haydovchilik guvohnomasini o‘qimasdan olish oddiy holga aylanib qolganini tanqid qilgandi. Shundan keyin “prava”ni sotish bilan bog‘liq holatlar aniqlanayotgani haqida doimiy xabar berib kelinmoqda. Kuni kecha bunday holatlar Sirdaryo va Xorazm viloyatlarida aniqlangani ma’lum bo‘lgandi.
Tavsiya etamiz
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
Mafkuralar kurashi: 9 may aslida qanday kun?
O‘zbekiston | 14:22 / 09.05.2025
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekistonlik 14 nafar faxriyning hayotiga oid «Xotira nuri» kitobi taqdim etildi
O‘zbekiston | 18:00
-
“Biz ularga qo‘shila olmaymiz”. Xalq demokratik partiyasi parlamentda o‘zini muxolifat deb e’lon qildi
O‘zbekiston | 18:00
-
Mo‘g‘ulistonning Hunnu Air aviakompaniyasi O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi
O‘zbekiston | 17:48
-
Hindiston bosh vaziri Pokistonga ultimatum e’lon qildi
Jahon | 17:40
Mavzuga oid

12:28 / 10.05.2025
9 yoshli qizning o‘limiga sabab bo‘lgan BYD haydovchisi 4 yilga qamaldi

13:52 / 09.05.2025
Haydovchilarga qoidabuzarlik uchun jarima ballari hisoblash 1 iyundan boshlanadi

11:20 / 02.05.2025
Denovda haydovchi 32 nafar bolani Damas'ga mindirib ketayotgani aniqlandi

15:14 / 01.05.2025