Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hindiston bosh vaziri Pokistonga ultimatum e’lon qildi
Narendra Modi Hindistonga yangi hujumlarni to‘xtatishni talab qildi, aks holda Pokistonning mavjudligi xavf ostida ekanligidan ogohlantirdi.

Foto: AP
Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi Pokistonda joylashgan terrorchilarga qarshi «Sindur» operatsiyasi boshlangani va Dehli bilan Islomobod o‘rtasidagi harbiy keskinlashuv tugaganidan keyin birinchi marta xalqqa murojaat qildi. «Kommersant» uning nutqidan iqtibos keltirdi.
Hindiston rahbarining bayonoti nihoyatda keskin bo‘ldi. Narendra Modi Islomobodga ultimatum qo‘yib, Hindistonga yangi hujumlarni to‘xtatishni talab qildi, aks holda Pokistonning mavjudligi xavf ostida ekanligidan ogohlantirdi.
«Hozircha biz terrorchilar va Pokistondagi harbiy bazalarga qarshi javob choralarida faqat tanaffus qildik, yaqin kunlarda Pokistonning har bir qadamini baholaymiz, u qanday rol o‘ynaganini ko‘ramiz», deb ogohlantirdi Hindiston bosh vaziri.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Hindiston tomonidan 7 may kuni amalga oshirilgan «Sindur» harbiy operatsiyasi yakunlangani yo‘q, faqat to‘xtatilgan va mamlakat milliy xavfsizligiga tahdid soluvchi yangi hodisa sodir bo‘lgan taqdirda istalgan vaqtda qayta tiklanishi mumkin.
«Bizning barcha harbiy bazalarimiz va qurolli kuchlar infratuzilmasi, agar kerak bo‘lsa, har qanday favqulodda vaziyatga javob berishga tayyor», dedi havo marshali Avadesh Kumar Bharti Hindiston poytaxtida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Narendra Modining so‘zlarini tasdiqlar ekan.
«Agar Hindiston va Pokiston o‘rtasida muzokaralar bo‘lsa, u faqat terrorizm va Pokiston tomonidan bosib olingan Kashmir bo‘yicha o‘tkaziladi. Hindistonning pozitsiyasi aniq: terror, savdo va muzokaralar bir vaqtda davom etolmaydi. Pokiston armiyasi va hukumati terrorizmning gullab-yashnashiga yo‘l qo‘ysa, bir kun kelib Pokiston ham yo‘q bo‘ladi. Agar Pokiston shafqatni istasa, terror infratuzilmasini yo‘q qilishi kerak. Biz terrorchilar ta’siri ostida bo‘lgan hukumat va terrorchilarning rahnamolari o‘rtasida farq qilmaymiz», dedi Modi.
Shu bilan birga, Pokistonning so‘nggi bayonotlari tomonlarning murosasiz pozitsiyalarini davom ettirib, ular o‘rtasidagi muloqotni imkonsiz qilishini ko‘rsatmoqda.
Pokiston mudofaa vaziri Xavaja Asif o‘z mamlakatini terrorizmning manbasi emas, balki qurboni deb bilishini aytdi.
«Hindiston bilan munosabatlarimizda uchta asosiy masala bor: Kashmir, terrorizm va suv. Muammolar so‘nggi 76 yil davomida mavjud. Pokiston terrorizmning eng katta qurboni va bu muammoni hal qilish kerak, shuningdek, Pokiston va Hindiston bir-biri bilan uch marta urushgan Kashmir muammosi. Bu hudud masalasi Pokiston-Hindiston muzokaralari kun tartibiga kiritilishi kerak», dedi vazir.
Asosan musulmonlar yashaydigan Kashmirga egalik masalasi Hindiston va Pokiston o‘rtasidagi munosabatlardagi asosiy to‘siq bo‘lib qolmoqda. 2019 yilda Hindiston hukumati mintaqadagi teraktlar fonida Jammu va Kashmir shtatini tugatdi va Jammu va Kashmir va Ladax ittifoq hududlarini tashkil qildi.
Hindistonga tegishli bo‘lgan Kashmirni da’vo qilayotgan Pokiston bu qarorni keskin qoraladi va 1947 yilda mustaqil Hindiston va Pokiston tashkil etilganidan beri davom etib kelayotgan «Hindiston ishg‘oliga» qarshi kurashni davom ettirishga va’da berdi.
Tavsiya etamiz
20 iyuldan boshlab 1-2 kunga xorijga chiqqanlar O‘zbekistonga bojsiz tovar olib kirolmaydi
Iqtisodiyot | 19:31 / 15.07.2025
Bolalarni itdek vovullatgan «defektolog»ga yangi jinoiy ish ochildi
Jamiyat | 18:06 / 15.07.2025
Etihad Airways O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi
O‘zbekiston | 15:18 / 15.07.2025
Bank kartalardan 1 mlrd so‘mga yaqin pullarni o‘zlashtirgan jinoiy guruh qo‘lga olindi
Jamiyat | 21:42 / 14.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Barselona» dunyoning eng qashshoq davlatidan 44 million yevro oladi
Sport | 23:49 / 16.07.2025
-
AQSh xavotirda: BRICS G‘arb gegemoniyasini yiqitadimi?
Jahon | 23:14 / 16.07.2025
-
Ko‘kdaladagi portlash, Qoraqalpog‘istonda anomal harorat va Mirobodda ushlangan podpolkovnik – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:06 / 16.07.2025
-
Germaniyani jahon chempioni qilgan murabbiy O‘zbekiston bilan ishlashi mumkin
Sport | 22:44 / 16.07.2025
Mavzuga oid

21:35 / 15.07.2025
114 yoshli marafonchi mashina tagida halok bo‘ldi

19:30 / 13.07.2025
Air India Boeing 787 halokati bo‘yicha dastlabki hisobotni e’lon qildi

10:56 / 12.07.2025
O‘zbekiston va Pokiston mudofaa sanoati sohasida hamkorlik o‘rnatyapti

22:37 / 11.07.2025