AQSh prezidenti Jo Bayden sobiq prezident Donald Trampning AQShda TikTok va WeChat ilovalaridan foydalanishni taqiqlash to‘g‘risidagi farmonlarini bekor qildi.
«AQSh prezidentining 2020 yil 6 avgustdagi 13942- va 13943-farmonlari bekor qilinadi», — deyiladi Oq uy xabarida.
Ushbu farmonlarda Xitoyning TikTok va WeChat ilovalaridan AQSh hududida foydalanish taqiqlanishi ko‘zda tutilgandi.
Bayden shuningdek, Xitoy ilovalaridan foydalanishni taqiqlash to‘g‘risida chiqarilgan 5 yanvardagi farmonni ham bekor qildi.
Mazkur farmonga ko‘ra, Alipay, WeChatPay, QQWallet, Tencent QQ, Camscanner, SHAREit, Vmate va WPS Office ilovalaridan foydalanish taqiqlangandi.