Tramp Baydenning maxfiy ma’lumotlardan foydalanish huquqini bekor qildi
Donald Tramp AQShning sobiq prezidenti Jo Baydenning maxfiy ma’lumotlardan foydalanish ruxsatnomasini chaqirib oldi. Shuningdek, endi Bayden uchun razvedka masalalari bo‘yicha har kungi brifing ham o‘tkazilmaydi.

Foto: Saul Loeb / Pool / Reuters
AQSh prezidenti Donald Tramp Jo Baydenning maxfiy hujjatlardan foydalanish imkoniyatlarini chekladi. Bu haqda Tramp o‘zining Truth Social ijtimoiy tarmog‘i orqali ma’lum qildi.
«Jo Bayden maxfiy ma’lumotlarni olishda davom etishiga hech qanday ehtiyoj yo‘q. Shu bois biz Jo Baydenning ruxsatnomasini chaqirib olamiz va har kuni uning uchun o‘tkaziladigan razvedka masalalari bo‘yicha brifinglarni to‘xtatamiz», — deydi AQShning amaldagi prezidenti.
Donald Tramp maxsus prokuror Robert Xurning Baydenni xotirasida muammolar borligi keltirilgan hisobotiga asoslanib shunday yo‘l tutmoqda. «Jo, sen bo‘shatilding. Amerikani yana buyuk qilamiz!» — deb yozadi Tramp.
Xurning hisoboti bir yil oldin Baydenning garajidagi ombor va Deleverdagi uyidan vitse-prezidentlik davridagi maxfiy hujjatlardan biri topilganidan keyin boshlangan edi. Tintuvlar davomida demokratning sobiq kabinetidan Amerika razvedkasining hisobotlari va Ukraina, Eron va Buyuk Britaniyaga taalluqli brifing materiallari topilgan.
Xurning ta’kidlashicha, Bayden maxfiy hujjatlarni vitse-prezidentlik muddati tutaganidan keyin ham saqlab kelgan va bu harakat «milliy xavfsizlikka jiddiy tahdid uyg‘otadi». Ammo u demokratga ayblov e’lon qilmagan. Maxsus prokurorga ko‘ra, Bayden sud hay’ati qarshisida o‘zini «xotirasi yomonlashgan keksa inson sifatida namoyish etishi mumkinligi sabab» uni javobgarlikka tortish qiyin bo‘ladi.
Donald Trampning o‘ziga nisbatan 2022 yilda Mara-Lago qarorgohidan maxfiy hujjatlar topilganida mas’uliyatsizlik bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgandi. Ammo u prezident etib saylangach barcha jinoyat ishlari to‘xtatildi, ularning ikkitasi tergovi bilan shug‘ullangan maxsus prokuror Jyek Smit esa iste’foga chiqdi.
Tavsiya etamiz
Putin o‘ziga voris tayyorlayotganini aytdi
Jahon | 20:13 / 04.05.2025
Husanovning o‘yinsiz seriyasi atrofidagi savollar va javoblar
Sport | 18:17 / 04.05.2025
“Yopilgan ish” yoxud otgan o‘qi o‘ziga qaytgan tergovchining iqrori
Jamiyat | 15:23 / 04.05.2025
9 may bayrammi yoki motam? Bu kunning mazmuni qanday?
O‘zbekiston | 21:19 / 03.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekiston va Turkmaniston tovar ayirboshlash hajmini 2 mlrd dollarga yetkazishga kelishib oldi
Iqtisodiyot | 14:25
-
Rossiya Berlindagi Karnegi markazi direktorini qidiruvga berdi
Jahon | 14:15
-
Venetsiya biyennalesida O‘zbekiston milliy pavilonining rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston | 14:13
-
Yamanga zarbalar seriyasini amalga oshirgan Isroil, Moskva aeroportlaridagi kollaps va Bokuga qo‘nishga majbur bo‘lgan Serbiya prezidenti - kun dayjesti
Jahon | 14:01
Mavzuga oid

17:19 / 07.05.2025
«Putin to‘xtaydi» deb o‘ylaydiganlar shunchaki ahmoq – Bayden

16:36 / 17.04.2025
«Bu yigit bolta olib chopyapti» – Bayden prezidentlikdan ketgach ilk marta chiqish qildi

21:18 / 16.04.2025
Tramp o‘zini tanqid qilgan Baydenga javob qaytardi

16:50 / 16.04.2025