Hayit namozini ado etishga ruxsat etilmagan mamlakatlarda musulmonlar qanday ibodat qiladi?

Jamiyat 18:26 / 12.05.2021 16082

Xo‘sh, hayit namozi o‘qishga ruxsat berilmagan ekan, mo‘min Ramazon oyi yakunida Robbiga shukronalikni ado qilish uchun qanday ibodat qilishi mumkin?

Kun.uz xorijdagi ko‘plab vatandoshlarimizni qiziqtirayotgan ushbu savolga O‘zbekiston Musulmonlari idorasi Fatvo bo‘limi mudiri o‘rinbosari Saidjamol Masaitovdan javob oldi.

«Hanafiy mazhabiga binoan, hayit namozlarini ado etish vojib amal hisoblanadi. Biroq, Islom shariatida inson salomatligini himoya qilish birinchi o‘rinda turadi. Shu bois, mabodo, ma'lum bir hududdagi musulmon ulamolari tomonidan pandemiya singari ayrim sabablarga binoan Hayit namozi ado etilmasligiga fatvo berilgan bo‘lsa, Hanafiy mazhabida Zuho (choshgoh) namozini ado etishlik tavsiya qilinadi.

Zuho namozining vaqti Ramazon hayitining birinchi kuni quyosh chiqqanidan 15 daqiqa o‘tgach kiradi va quyosh tikkaga kelishidan 15-20 daqiqa qolguncha davom etadi.

Zuho namozi ham boshqa nafl namozlar singari ado etiladi. Uning eng kami 2 rakat o‘qiladi, ko‘pi namozxonning himmatiga bog‘liq bo‘ladi», – dedi Saidjamol Masaitov.

Saidjamol Masaitov

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan 2020 yildagi qat'iy karantin cheklovlari vaqtida O‘zbekistonda jamoat bo‘lib Ramazon hayiti namozini o‘qish imkoni bo‘lmagan, buning o‘rniga musulmonlar o‘z xonadonlarida Zuho namozini o‘qishgan edi.

Ko‘proq yangiliklar: