Qozog‘istonda Ramazon oyining boshlanish sanasi e’lon qilindi
Qozog‘iston musulmonlari diniy boshqarmasi Ramazon oyi 1 martdan boshlanishi, Ramazon hayiti esa 30 mart sanasiga to‘g‘ri kelishini ma’lum qildi.

Foto: muftyat.kz
Qozog‘iston musulmonlari diniy boshqarmasi Ramazon oyi 1 martdan boshlanishini ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, Ramazon oyining birinchi kuni 1 mart sanasiga to‘g‘ri keladi. Ramazon hayiti 30 martga, qadr kechasi (Laylatul-Qadr) esa 26-27 mart sanasiga to‘g‘ri keladi.
Bundan tashqari, Qurbon hayiti sanalari ham belgilangan — uch kun davom etadigan Qurbon hayitining birinchi kuni 6 iyunga to‘g‘ri keladi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili Ramazon oyi 11 martdan boshlangan edi. O‘zbekiston musulmonlari idorasi 2024 yil Ramazon hayiti (Iydul fitr) 10 aprel (shavvol oyining 1 kuni) kuniga to‘g‘ri kelayotgani munosabati bilan hayit namozi vaqtlarini belgilagandi.
Mavzuga oid

12:06 / 02.03.2025
Qozog‘istonda ichida o‘zbekistonliklar bo‘lgan avtobus YTHga uchradi

18:14 / 28.02.2025
Nukusdan Qozog‘istonga yangi poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

21:03 / 27.02.2025
Qozog‘iston benzin va dizel yonilg‘isi eksportiga qo‘yilgan taqiqni uzaytiradi

17:32 / 25.02.2025