Ma'naviyat va ma'rifat markazi huzurida yangi jamg‘arma tashkil etildi. Unga 120 mlrd so‘m ajratiladi

Prezidentning «Ma'naviyat va ijodni qo‘llab-quvvatlash maqsadli jamg‘armasini tashkil etish to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.
Hujjatga muvofiq «Ijod» jamoat fondi tasarrufidagi Yozuvchilar uyushmasi poliklinikasi, «Do‘rmon» ijod uyidan foydalanish direksiyasi» UK va «Oqqum fayz baraka» ShK Yozuvchilar uyushmasiga o‘tkaziladi.
«Ijod» jamoat fondi negizida Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi huzurida yuridik shaxs maqomisiz Ma'naviyat va ijodni qo‘llab-quvvatlash maqsadli jamg‘armasi tashkil etiladi.
Quyidagilar jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish manbalari etib belgilandi:
- respublika budjetidan ajratiladigan mablag‘lar;
- jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
- xalqaro moliya institutlari va boshqa xorijiy donorlarning grantlari va imtiyozli kreditlari;
- vaqtincha bo‘sh turgan mablag‘larni tijorat banklari depozitlariga joylashtirish hisobidan olingan daromadlar;
- qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Jamg‘arma mablag‘lari quyidagi tadbirlarni moliyalashtirish uchun yo‘naltiriladi:
- uzluksiz ma'naviy tarbiya konsepsiyasi asosida maktabgacha ta'lim, umumiy o‘rta ta'lim, o‘rta maxsus va oliy ta'lim bosqichlari uchun metodik qo‘llanma, uslubiy tavsiyalar, ilmiy-amaliy adabiyotlar yaratish, ularni nashr etish va joylarga yetkazish;
- milliy meros, buyuk ajdodlarning jahon tamadduniga qo‘shgan ulkan hissalarini dunyo miqyosida keng targ‘ib qilishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish;
- IT-parklar, innovatsion markazlar va frilanserlar bilan hamkorlikda mobil ilovalar, kompyuter o‘yinlari, animatsion mahsulotlar yaratish;
- joylarda ma'naviy-ma'rifiy muhitni o‘rganish, hududiy ma'naviyat va ma'rifat kengashlari faoliyatini rivojlantirishga ko‘maklashish, targ‘ibot-tashviqot ishlari samaradorligini oshirish maqsadida tashkil etilgan ekspertlar guruhlarini qo‘llab-quvvatlash;
- mamlakat va xalqaro miqyosda ilmiy-ma'rifiy tadbirlar, adabiy anjumanlar, festivallar, tanlovlar, xalq sayillari, adabiy-musiqiy kechalar o‘tkazish;
- ma'naviy-ma'rifiy, adabiy-badiiy kitob va plakatlar nashr etish, zamonaviy targ‘ibot vositalari va media mahsulotlar yaratish va boshqalar.
Moliya vazirligi tomonidan jamg‘armaga 2021 yilda 120 mlrd so‘m, jumladan:
- Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markaziga mamlakat miqyosida ma'naviy-ma'rifiy ishlarni samarali tashkil etish uchun – 10 mlrd so‘m;
- uning hududiy bo‘limlariga joylarda ma'naviy-ma'rifiy sohalarni rivojlantirish uchun – 90 mlrd so‘m;
- Yozuvchilar uyushmasi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash uchun – 20 mlrd so‘m mablag‘ ajratiladi.
2022 yildan boshlab jamg‘arma vasiylik kengashi tomonidan tasdiqlangan xarajatlar smetasi va prognoz ko‘rsatkichlarga muvofiq mablag‘ ajratib borilishi ta'minlanadi.
Prezidentning 26.02.2010 yildagi PQ-1292-son qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblanadi.
Mavzuga oid

15:18 / 06.03.2025
“Ezgu Amal” jamg‘armasi yangilangan nizomini e’lon qildi

16:18 / 12.02.2025
Tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tashkil etiladi

07:50 / 04.02.2025
AQSh kompaniyasi O‘zbekiston Milliy investitsiya jamg‘armasi aktivlarini boshqaradi

10:26 / 05.12.2024