Iqtisodiyot va moliya vazirligi xabar berishicha, mazkur shartnoma O‘zbekistonning iqtisodiy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash va xalqaro investorlarni jalb etish maqsadida amalga oshirilmoqda.
Shartnomaga ko‘ra, Franklin Templeton jamg‘armaga tegishli bo‘lgan 18 ta davlat korxonasi va tijorat banklari aksiyalaridan iborat investitsion portfelni boshqarib, ularning investitsion jozibadorligini oshirishga qaratilgan transformatsiya dasturlarini amalga oshiradi.
Mazkur transformatsiya dasturlari amalga oshirilgandan so‘ng jamg‘arma hamda uning boshqaruvidagi korxonalar va banklar aksiyalari mahalliy va xalqaro fond birjalariga olib chiqiladi.
Buning uchun, Franklin Templeton tomonidan jamg‘armaga tegishli davlat korxonalari va tijorat banklari strategiyalarini qayta ko‘rib chiqish, ularda korporativ boshqaruv tizimi, moliyaviy samaradorligi, ichki audit va risklarni boshqarish tizimini jahon standartlariga moslashtirish, xodimlar malakasini oshirishga qaratilgan transformatsiya dasturlari amalga oshiriladi.