O‘zbekistonda xalqaro kurerlik jo‘natmalari uchun yig‘im belgilanmoqda
O‘zbekistonda ayrim bojxona yig‘imlari stavkalari JST talablariga muvofiqlashtirish doirasida pasaytirildi. Xalqaro kurerlik jo‘natmalari uchun yig‘im belgilanadi.

Foto: Fotolia / Narong Jongsirikul
Vazirlar mahkamasining 31 yanvardagi qarori bilan bojxona to‘lovlarining yangi stavkalari tasdiqlandi.
Hujjat O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish jarayoni doirasida bojxona yig‘imlari stavkalarini JST qoidalari va talablariga muvofiqlashtirish maqsadida qabul qilingan.
Xususan, tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig‘imlar miqdori bojxona organlarining harakatlari bilan bog‘liq xarajatlarning taxminiy qiymatidan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Bundan tashqari, «eksport» va «import» bojxona rejimlarida tovarlarni rasmiylashtirish uchun olinadigan yig‘im stavkalari ham muvofiqlashtirildi.
Bojxona organlarining ish vaqtidan tashqari rasmiylashtiruvi uchun bojxona yig‘im miqdori 8 baravar — BHMning 2 baravaridan (750 ming so‘m) BHMning 25 foizigacha (93,75 ming so‘m) kamaytirildi.
Bojxona hududida va bojxona hududidan tashqarida bojxona qayta ishlash rejimlarida undiriladigan yig‘im stavkasi ikki baravar kamaytirildi.
Xalqaro kurerlik jo‘natmalarida 1 kg yuk uchun BHMning 2 foizi (7500 so‘m) miqdorida yig‘im joriy etiladi. Bugungi kunda bir kalendar chorak davomida fuqarolar uchun 1000 AQSh dollari miqdoridagi kurerlik jo‘natmalari uchun boj olinmaydigan norma ishlaydi.
Mavzuga oid

16:34 / 06.08.2020
AQShdagilar Xitoydan antiqa jo‘natmalar olmoqda

21:33 / 01.08.2020
To‘rt mamlakatdagi yuzlab odamlarga pochta orqali Xitoydan sirli urug‘lar keldi

16:21 / 15.03.2019
Rossiyadan O‘zbekistonga pul jo‘natmalari miqdori ma'lum qilindi

15:48 / 09.01.2019