Jahon | 22:01 / 07.12.2020
1524
2 daqiqa o‘qiladi

Pandemiya sababli Jahon iqtisodiy forumi Shveytsariya o‘rniga Singapurda o‘tkaziladi

Yevropadagi epidemiologik vaziyat JIF qatnashchilarining salomatligini himoya qilishda barcha choralarga rioya qilinishi ehtimolini kamaytirmoqda.

Foto: Xu Jinquan / Global Look Press

Jahon iqtisodiy forumi 2021 yil 13-16 may kunlari Shveytsariyada emas, Singapurda bo‘lib o‘tadi. Bu haqda JIF kengashi prezidenti Berge Brendega tayanib Reuters xabar berdi.

Tadbir bahorda Shveytsariyada o‘tkazilishi rejalashtirilgandi, ammo Yevropadagi epidemiologik vaziyat JIF qatnashchilarining salomatligini himoya qilishda barcha choralarga rioya qilinishi ehtimolini kamaytirmoqda.

Brendening qayd etishicha, Singapur epidemiyani yenga olgan.

Forum odatda qish faslida o‘tkazilardi, ammo tashkilotchilar avgustda 2021 yilgi tadbir pandemiya sababli keyinroq o‘tkazilishini ma'lum qilishgandi.

Davosdagi Jahon iqtisodiy forumiga 1971 yilda asos solingan. Unda turli mamlakatlardan minglab yirik tadbirkorlar va davlat arboblari qatnashadi.

JIF 2002 yilda ilk marta Yevropadan tashqarida bo‘lib o‘tgan — 11 sentyabr voqealaridan so‘ng AQSh bilan birdamlik ramzi sifatida forum Nyu-Yorkka ko‘chirilgan.

Jons Hopkins universiteti ma'lumotlariga ko‘ra, Singapurda koronavirus yuqtirish bilan bog‘liq 58,2 mingta holat qayd etilgan, 29 kishi vafot etgan. Kasallikning eng yuqori cho‘qqisi aprelda kuzatilgan.

Mavzuga oid