Ko‘mirlar sifatli bo‘lsa, nega joylarga yetkazilganda sifati o‘zgarib qolyapti? – mutaxassis izohi

O‘zbekiston 17:51 / 31.10.2020 9888

«Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik, sifatli ko‘mir bilan ta'minlashdagi muammolar» mavzusiga bag‘ishlangan matbuot anjumanida “O‘zbekko‘mir” AJ bosh geologi Erkin Jo‘rayev ko‘mirlar sifatli bo‘lsa, nega joylarga yetkazilganda sifati o‘zgarib qolayotganiga izoh berdi.

“Angren ko‘mir koniga tegishli bo‘lgan qo‘ng‘ir ko‘miri qattiqlik darajasi bo‘yicha 4-shkalada, bu judayam yumshoq. Ko‘mir sifatiga ta'sir qiluvchi omillaridan birinchisi bu – quyosh hamda qor, yomg‘irning ta'siri va bugungi kunda ko‘mirni saqlash tartibi bo‘lyapti. Biz ko‘mir konidan yuklangan mahsulotni ko‘mir jamlanmasiga eltamiz, u yerdan laboratoriyadan o‘tkaziladi va shu tariqa har bir vagondagi mahsulotga sifat  guvohnomasi beriladi. Sifat guvohnomasida ko‘mirning markazi, o‘lchami, namligi hamda koloriyasi to‘g‘risidagi ma'lumotlar taqdim qilinadi. Hamda bizdan joylarga o‘sha marka, o‘sha sifatdagi ko‘mir chiqib ketadi.

Ko‘mirning sifati yaxshi. Sifatsiz deyilayotgan ko‘mir bu — maydalangan ko‘mir. Uni laboratoriyada tekshirsangiz sifatli bo‘lib chiqadi. Ko‘mir iste'molchining qo‘liga yetib borgunicha bir necha bosqichdan o‘tgani bois maydalanib ketyapti va sifatsiz ko‘rinishga kelyapti.

Aslida bizdan, “O‘zbekko‘mir” AJdan, Angren ko‘mir konidan chiqayotgan ko‘mir mahsuloti GOST talablariga javob beryapti”, - deya Erkin Jo‘rayevning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

U masalaning yechimi haqida ham gapirdi.

“Birdan-bir yo‘li — joylarga yetkazilgan ko‘mirdan sifatli briket ishlab chiqarilib, yetkazilsa maqsadga muvofiq bo‘ladi”, - dedi “O‘zbekko‘mir” AJ bosh geologi.

Ko‘proq yangiliklar: