Angrendagi ko‘mir konida «BelAZ» ag‘darilib ketdi. Haydovchi halok bo‘ldi
Tog‘ jinslarini to‘kish vaqtida «BelAZ» ag‘darilib ketgan va yong‘in ro‘y bergan. Haydovchi shifoxonada vafot etgan.

«O‘zbekko‘mir» AJ «Angren» ko‘mir konida sodir bo‘lgan ko‘ngilsiz hodisa to‘g‘risida ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, 5 mart kuni soat 10:15 larda «Angren» ko‘mir konida «BelAZ» rusumli avtoag‘dargich tog‘ jinslarini to‘kish vaqtida orqaga sirpanib, ag‘darilib ketgan va yong‘in ro‘y bergan.
«O‘zbekko‘mir» aksiyadorlik jamiyati o‘t o‘chiruvchilari voqea joyiga tezlik bilan yetib kelgan va yong‘in to‘liq o‘chirilgan.
Hodisa oqibatida og‘ir tan jarohati olgan haydovchi A.Ahmadjonovga korxona tibbiy bo‘lim xodimlari tomonidan birinchi yordam berilgan va u shoshilinch ravishda shahar markaziy shifoxonasiga yetkazilgan. Ammo ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramay, haydovchi shifoxonada vafot etgan.
Hozirda ko‘mir konida ro‘y bergan hodisa yuzasidan huquqni muhofaza qilish idoralari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid

22:40 / 07.10.2024
Angrenda ko‘mir koni kengaytirilishi sabab uylari ko‘chgan yoki buzilgan aholiga 60 mlrd so‘mdan ortiq pul to‘lanadi

09:51 / 07.07.2024
Angrenda mashinani soatiga 157 km tezlikda boshqargan ayolga chora ko‘rildi

16:12 / 06.07.2024
Angrenda ayol mashinani aholi punktida soatiga 157 km tezlikda boshqardi

13:24 / 28.06.2024