«Mustaqil O‘zbekiston Qahramonlari» nomli kitob-albom tayyorlanadi
“O‘zbekiston Qahramoni” unvoni va yuqori darajadagi ordenlar sohiblarining hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan manzilli targ‘ibot tadbirlari tashkil qilinadi.

Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Qahramoni” unvoni va yuqori darajadagi ordenlar sohiblarining hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan manzilli targ‘ibot tadbirlarini tashkil qilish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi muhokama uchun joylashtirildi.
Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi bilan hamkorlikda tashkiliy-ijodiy guruh shakllantirgan holda besh oy muddatda “Mustaqil O‘zbekiston Qahramonlari” nomli kitob-albom tayyorlaydi. Kitobni nashr etish xarajatlari Vazirlar Mahkamasi zaxira jamg‘armasi fondidan qoplanadi.
Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi, Xalq ta'limi vazirligi, O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi, Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi ikki oy muddatda ta'lim muassasalari o‘quvchilari va talabalari o‘rtasida “O‘zbekiston Qahramoni” unvoni va yuqori darajadagi ordenlar sohiblarining hayoti, mehnat faoliyati, jasoratini keng targ‘ib qilishga bag‘ishlangan tanlovlar o‘tkazadi.
Madaniyat vazirligi, Badiiy Akademiya, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, “Tasviriy oyina” ijodiy uyushmasi va O‘zbekiston Jurnalistlar ijodiy uyushmasi ikki oy muddatda “O‘zbekiston Qahramoni” unvoni va yuqori darajadagi ordenlarga sazovor bo‘lgan fidoyi vatandoshlarimiz haqida davlat muzeylari va ko‘rgazma zallarida foto va rasmlar ko‘rgazmalari, tasviriy-targ‘ibot tadbirlarini tashkil etish, ular mehnatini madh etuvchi badiiy, publitsistik asarlar, she'r va dostonlar, tasviriy asarlar, qo‘shiqlar yaratish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqib, amalga oshiradi.
“O‘zbekkino” milliy agentligi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi va O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi hamkorlikda ikki oy muddatda “O‘zbekiston Qahramoni” unvoni va yuqori darajadagi ordenlarga sazovor bo‘lgan yurtdoshlarimizga bag‘ishlangan filmlar, turkum teleko‘rsatuvlar tayyorlash, radioviktorinalar o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlarni ishlab chiqadi.
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi yoshlarning qiziqish va intilishlarini hisobga olgan holda uch oy muddatda O‘zbekiston Qahramonlari faoliyatini yoritishga qaratilgan veb-sayt yaratadi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligiga mazkur veb-resursdagi materiallarni ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlarda keng yoritib borish tavsiya etiladi.
Tavsiya etamiz
«Credit House» ishi: Minglab odamlar uysiz va pulsiz qolyapti
O‘zbekiston | 12:30
«Quvur operatsiyasi»: ruslar uni «urushdagi burilish nuqtasi» deyishmoqda
Jahon | 23:40 / 11.03.2025
Amaldorlar “mahalliy” xizmat avtomobillariga o‘tkazilmoqda
O‘zbekiston | 16:34 / 11.03.2025
Firibgarlar o‘g‘irlagan pullarni qaytarib bo‘lmaydimi?
O‘zbekiston | 15:27 / 11.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQSh harbiylari Xitoyga qurollar haqidagi maxfiy ma’lumotlarni sotgani ma’lum bo‘ldi
Jahon | 22:06
-
“Bolalarni qo‘rqoq qilib qo‘ymasligimiz kerak” - bog‘chadagi zo‘ravonliklar haqida suhbat
Jamiyat | 21:51
-
TikTok o‘smirlar uchun cheklovlarni joriy etmoqda
Jahon | 21:50
-
13 mart yangiliklari: O‘zbekistonda ro‘y bergan muhim voqea va hodisalar
O‘zbekiston | 21:32
Mavzuga oid

08:44 / 06.06.2022
Parrandachilikni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimi o‘zgaradi

09:01 / 08.04.2022
«Olima ayollar jamiyati» nimalar bilan shug‘ullanishi ma’lum bo‘ldi

07:51 / 26.03.2022
2021 yilda qurilishdagi baxsiz hodisalar oqibatida 84 nafar ishchi halok bo‘lgan

07:28 / 09.03.2022