DXX Sirdaryoda toshqindan zarar ko‘rgan aholiga yaqindan yordam bermoqda
Bugungi kunda Sardoba suv omboridagi toshqin oqibatlarini bartaraf qilishda barcha mas'ul tashkilotlar qatorida Davlat xavfsizligi xizmati idoralari xodimlari ham faol ishtirok etgan holda uylari talafot ko‘rganlarning og‘irini yengil qilib, ularning yashash sharoitlarini yaxshilanishi uchun o‘zlarining jonbozliklarini namoyon etishmoqda.

Foto: DXX
Bir guruh xodimlar 1 may kuni texnogen vaziyat vujudga kelgan kundan boshlab zarar yetkazilgan joylarga har kuni chiqib, toshqin tufayli talafot yetkazilgan Mirzaobod, Oqoltin va Sardoba tumanlarida olib borilayotgan qidiruv-qutqaruv ishlarida qatnashib, aholiga yaqindan yordam berib kelishyapti.
Jumladan, Mirzaobod tumani hududida toshqindan zarar ko‘rib, keyinchalik qaytib kelgan 160 nafar fuqaro bilan bog‘liq oziq-ovqat muammosi yuzaga kelganligi aniqlanib, tuman hokimligi bilan hamkorlikda 8 turdagi oziq-ovqat mahsulotlari kechiktirilmasdan tarqatildi. Bundan tashqari, Sardoba tumanining “Yurtdosh” MFY hududidagi 50 ta xonadonda yashovchilar ishchi guruhga ichimlik suvi yetkazib berilmayotganligi haqida murojaat qilgan edilar. Ushbu muammo tuman “Suvoqava” boshqarmasi xodimlarini jalb qilgan holda tezda o‘rganib chiqilib, imkoniyat darajasida ijobiy hal etildi.
DXX xodimlarining tashabbusi va sa'y-harakatlari bilan Oqoltin tumanining suv toshqini yuz bergan “Ahillik” mahallasidagi 60 ta xonadon viloyat sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik markazi xodimlari tomonidan talab darajasida sifatli dezinfeksiya qilindi.
Shu bilan birga, “Navbahor” MFYda yashovchi X.Sharipova bilan suhbat o‘tkazilganida, mahalla hududidan “Bahoriston” MFYga evakuatsiya qilingan 126 nafar fuqaroga 11 may kunidan buyon oziq-ovqat mahsulotlari berilmayotgani, bundan tashqari, ularga dori vositalari ham zarurligi to‘g‘risidagi ma'lumotlar olinib, tez orada tuman hokimligi vakillarini jalb qilgan holda ushbu kamchilik ham bartaraf etildi.
DXX xodimlari toshqindan aziyat chekkan odamlarga hamdard, hamnafas bo‘lib, ularni tushkunlik holatidan chiqarish, kayfiyatini ko‘tarish, ma'naviy kuch-quvvat bag‘ishlash uchun zarur psixologik tavsiyalari va maslahatlarini ayamay, mavjud muammolarini bartaraf etishni davom ettirishmoqda, deyiladi tashkilot xabarida.
Tavsiya etamiz
Migrantlarning pul o‘tkazmalarisiz O‘zbekistonda kambag‘allik 17 foizgacha oshishi mumkin – Jahon banki
Iqtisodiyot | 18:12 / 07.03.2025
Tramp vakillari Zelenskiyning siyosiy raqiblari bilan yashirincha uchrashgan
Jahon | 15:30 / 07.03.2025
AQShning Kiyevga harbiy yordami to‘xtatilishi - bu ukrain armiyasi uchun nimani anglatadi?
Jahon | 18:17 / 06.03.2025
WizzAir O‘zbekistonga amalga oshiradigan reyslarida o‘zbek tilida ham xizmat ko‘rsatadi
O‘zbekiston | 14:01 / 06.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp: Ukraina AQSh yordami bilan ham omon qolmasligi mumkin
Jahon | 01:10
-
Yevrokomissiya rahbari birinchi marta xavfsizlik masalalari bo‘yicha kollegiya yig‘ilishini chaqiradi
Jahon | 00:29
-
Ukraina Qrim ko‘prigini butunlay yakson qilish bo‘yicha yangi operatsiya tayyorlamoqda
Jahon | 23:40 / 09.03.2025
-
Yil boshidan beri Ilon Maskning boyligi 100 mlrd dollarga kamaydi
Jahon | 22:28 / 09.03.2025
Mavzuga oid

10:18 / 07.03.2025
DXX yer maydonlarini noqonuniy sotish bilan bog‘liq holatlarni aniqladi

10:21 / 01.03.2025
DXX sog‘liqni saqlash boshqarmasining mas’ul xodimini qo‘lga oldi

16:53 / 28.02.2025
Sirdaryoda uch egizak tug‘ildi

17:42 / 27.02.2025