Sirdaryo viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
Faxriddin Kushakov Sirdaryo viloyati hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Foto: Sirdaryo viloyati hokimligi
Faxriddin Kushakov Sirdaryo viloyati hokimining yangi o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Sirdaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Erkinjon Turdimovning tegishli qarori bilan Faxriddin Kushakov viloyat hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari – iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlangan.
Mazkur tayinlovga qadar Faxriddin Kushakov iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida faoliyat olib borgan.
Eslatib o‘tamiz, fevral oyi boshida Vohid Ibodullayev Sirdaryo viloyati hokimining qurilish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimidan ketgan va uning o‘rniga Alisher Xidirov tayinlangandi. Bir necha kun oldin esa Abror Xidirov Sirdaryo viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — qishloq xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.
Mavzuga oid

16:53 / 28.02.2025
Sirdaryoda uch egizak tug‘ildi

18:10 / 25.02.2025
Sirdaryoda renovatsiya dasturi asosida 15 ming xonadonli uy-joylar quriladi

15:40 / 16.02.2025
Sirdaryoda o‘qituvchiga qo‘l ko‘targan ayol ruhiy kasalliklar shifoxonasiga joylashtirildi

18:01 / 14.02.2025