Sirdaryoda o‘qituvchiga qo‘l ko‘targan ayol uzr so‘rab chiqdi
Ijtimoiy tarmoqlarda o‘qituvchiga tarsaki tushirgan ayolning videosi tarqaldi. Holat mas’ul organlar tomonidan atroflicha o‘rganib chiqildi va tegishli chora ko‘rildi.

Foto: Videodan kadr
Sirdaryodagi maktabda o‘quvchining onasi o‘qituvchini urgani haqida xabar berilgandi. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi matbuot kotibi o‘qituvchiga qo‘l ko‘targan ayol uzr so‘rab chiqqan videoni e’lon qildi.
Tarmoqlarda paydo bo‘lgan videoda qora kiyimdagi ayol sinf xonasida o‘qituvchining bo‘ynidan olib, undan xonadan chiqib ketishini talab qilgan va yuziga tarsaki tushirgani aks etgan.
«Jahl ustida bilmay qoldim, sizlardan ham uzr so‘rayman», — deydi ayol.
Qayd etilishicha, holat viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi, tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan atroflicha o‘rganib chiqilgan va tegishli chora ko‘rilgan.
«Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi bunday holatlarni keskin qoralaydi va doimo murosasiz munosabatda bo‘ladi», — deyiladi xabarda.
Oldinroq Sirdaryo tumanidagi 1-sonli maktabda sodir bo‘lgan mazkur holatga maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova munosabat bildirgandi. «1 sonli maktabda yuz bergan holat Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan nazoratga olingan», deb yozgandi u.
Mavzuga oid

16:53 / 28.02.2025
Sirdaryoda uch egizak tug‘ildi

17:42 / 27.02.2025
Sirdaryo viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

18:10 / 25.02.2025
Sirdaryoda renovatsiya dasturi asosida 15 ming xonadonli uy-joylar quriladi

14:51 / 23.02.2025