Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sirdaryoda o‘qituvchiga qo‘l ko‘targan ayol ruhiy kasalliklar shifoxonasiga joylashtirildi
Sudga taqdim etilgan ekspertiza xulosasida o‘qituvchini urgan fuqaro aqliy zaiflikning yengil darajasi bilan xastalangani va huquqbuzarlikni sodir etgan vaqtda o‘z harakatlariga javob bera olmagani ko‘rsatilgan.

Foto: Videodan kadr
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Sirdaryoda o‘qituvchiga qo‘l ko‘targan ayol ishi sudda ko‘rib chiqilgani va uning ruhiy kasalliklar shifoxonasida majburiy davolanishi bo‘yicha hukm chiqarilganini ma’lum qildi.
Bir necha kun oldin Sirdaryo tumanidagi 1-maktabda fuqaro G.X. dars vaqtida sinfxonaga bostirib kirib, o‘qituvchini haqorat qilib, unga qo‘l ko‘targani aks etgan video jamoatchilik o‘rtasida keskin muhokamalarga sabab bo‘lgan edi. Keyinroq ayol uzr so‘rab ham chiqqandi.
Ta’kidlanishicha, holat bo‘yicha Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning tegishli bandlariga ko‘ra ma’muriy ish qo‘zg‘atilib, Jinoyat ishlari bo‘yicha Sirdaryo tuman sudida ko‘rib chiqilgan.
Sudga viloyat ruhiy kasalliklar shifoxonasi tomonidan berilgan psixiatrik ekspertiza xulosasi taqdim etilgan. Ushbu ekspertiza xulosasida qayd etilishicha, fuqaro G.X. aqliy zaiflik yengil darajasi bilan xastalangan hamda huquqbuzarlikni sodir etgan vaqtda o‘z harakatlariga javob bera olmagan.
Yuqoridagilarni inobatga olgan holda sud fuqaro G.X.ning umumiy tartibli ruhiy kasalliklar shifoxonasida majburiy davolanishi yuzasidan hukm chiqargan. Ayni vaqtda u ruhiy kasalliklar shifoxonasiga joylashtirilgan.
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova Sirdaryodagi holat yuzasidan yana bir bor munosabat bildirib, o‘qituvchilar qadr-qimmatini himoya qilish uchun barcha imkoniyatlar ishga solinishini ma’lum qildi.
«Afsuski, ijtimoiy tarmoqlarda dars vaqtida sinfxonaga bostirib kirish, o‘qituvchini haqoratlash, o‘quvchilar oldida izza qilish, hatto do‘pposlash holatlari tez-tez muhokama markaziga chiqyapti. Yaqinda Sirdaryoda bo‘lgan holat ham shular jumlasidandir», – deydi vazir.
Hilola Umarova bu kabi zo‘ravonlik holatlari yuz berganda o‘qituvchi-pedagoglarni himoya qilish uchun kerakli yuridik, ijtimoiy, psixologik yordam berilishini bildirib o‘tdi.
«Shuni tushunib olishimiz kerakki, maktabga duch kelgan odam (dars vaqtida hatto ota-ona ham) istaganicha kirib-chiqish, dars jarayoni va pedagoglar faoliyatiga aralashish, o‘qituvchiga do‘q qilish uyoqda tursin, madaniyat chegarasidan chetga chiqib gaplashishga haqli emas», – deydi maktabgacha va maktab ta’limi vaziri.
Hilola Umarova bunday holatlar aniqlansa vazirlik zudlik bilan huquq-tartibot idoralariga murojaat qilishini ta’kidlab o‘tdi.
«Hurmatli o‘qituvchilar, jonkuyar pedagoglar, qadrli jamoamiz, sizning faoliyatingiz qonun bilan himoyalangan, qadr-qimmatingizni himoya qilish uchun barcha imkoniyatimizni ishga solishga tayyormiz», – dedi u.
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Marg‘ilonda Gentra ko‘chada o‘ynab o‘tirgan yosh bolani bosib ketdi
O‘zbekiston | 14:18
-
Tramp o‘zining Ukrainaga ilk harbiy yordamini tayyorlamoqda
Jahon | 12:59
-
Dunyodagi eng qimmatbahosi. Hermès aktrisa Jyeyn Birkin uchun tayyorlagan sumka 10 mln dollarga sotildi
Jahon | 12:14
-
Qozog‘istonda o‘ta xavfli kasallik, 10 yillik vizadan mahrum qirg‘izlar va ruslarga berilmaydigan pasport
Jahon | 12:14
Mavzuga oid

23:32 / 30.06.2025
Sirdaryoda Lacetti va Yutong ishtirokida YTH yuz berdi. Bir yo‘lovchi halok bo‘ldi

13:44 / 27.06.2025
Sirdaryoda noqonuniy baliq ovlaganlar salkam yarim mlrd so‘m zarar yetkazdi

09:59 / 21.06.2025
"Amudaryo" va "Sirdaryo" havzalari birlashmalari xodimlariga ustama belgilandi

10:05 / 16.06.2025