Dorixona rahbari 22 mln so‘mlik «Tropikamid»ni sotayotgan vaqtida ushlandi
Mazkur holat yuzasidan tezkor surishtiruv tadbirlari davom ettirilmoqda.

Foto: IIBB axborot xizmati
Toshkent viloyati IIBB hamda Zangiota tumani IIB JQB tezkor xodimlari tomonidan, xususiy dorixona boshlig‘i 22 million 500 ming so‘mlik, savdosi cheklangan “Tropikamid” kuchli ta'sir qiluvchi dorilarni qonunga xilof ravishda sotayotgan vaqtida xolislar ishtirokida qo‘lga olingan.
IIBB axborot xizmati xabariga ko‘ra, 28 aprel kuni Zangiota tumanida o‘tkazilgan tadbir davomida, asli samarqandlik bo‘lgan, Toshkent shahri Uchtepa tumanida yashovchi, xususiy dorixona rahbari va shu bilan birga, Zangiota tuman Tibbiyot kollejining 3-kurs talabasi, 32 yoshli O.T. maxsus xaridorga har bir donasini 150 ming so‘mdan jami 22 million 500 ming so‘m pul evaziga 150 quti “Tropikamid” kuchli ta'sir qiluvchi dori moddasini sotayotgan vaqtida ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan IIBB JQB Giyohvandlik vositalari bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishga qarshi kurashish tezkor xodimlari tomonidan tezkor surishtiruv tadbirlari davom ettirilmoqda.
Tavsiya etamiz
Tomoq-burun kasalliklari bor ro‘zadorlar nimalarga e’tibor berishi kerak?
Jamiyat | 16:45 / 10.03.2025
Kvartirasida yolg‘iz vafot etayotgan keksalar – ularni kim topib oladi?
O‘zbekiston | 12:29 / 10.03.2025
“Trampning siyosatdagi “qimorbozligini” Kanada tushunolmayapti” – AQSh baribir savdo bojlarini joriy qildi
Jahon | 12:01 / 10.03.2025
Pokistonda «bosh terrorchi» ushlandi, Suriya yana notinch – hafta dayjesti
Jahon | 16:13 / 09.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
YeChL. «PSJ» «Liverpul»ni penaltilar seriyasida mag‘lub etdi, «Barselona» va «Bavariya» ham 1/4 finalda
Sport | 03:51
-
«Paxtakor» «Al Hilol»ga yirik hisobda yutqazib, Elit OChLni tark etdi
Sport | 03:09
-
Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi bilan Parijga yetib bordi
O‘zbekiston | 00:49
-
AQSh va Ukraina moliya vazirlari darajasida nodir metallar bo‘yicha bitimni kelishib oldi
Jahon | 00:42
Mavzuga oid

14:14 / 22.02.2025
Zangiotada gazdan noqonuniy foydalangan issiqxona 1,6 mlrd so‘mlik zarar keltirdi

23:02 / 18.12.2024
Shavkat Mirziyoyev Zangiotada ochilgan 40 mln dollarlik logistika markazini borib ko‘rdi

11:38 / 25.11.2024
Toshkentda pirotexnika buyumlarini sotayotgan shaxslar ushlandi

14:18 / 22.11.2024