O‘zbekiston | 00:49
9302
2 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi bilan Parijga yetib bordi

Aeroportda oliy martabali mehmon sharafiga ikki mamlakat davlat bayroqlari ko‘tarildi, faxriy qorovul saf tortdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Shavkat Mirziyoyev Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning taklifiga binoan davlat tashrifi bilan Parij shahriga yetib bordi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Samolyot oldida O‘zbekiston yetakchisini Fransiya milliy ta’lim, oliy ta’lim va ilmiy tadqiqotlar vaziri Elizabet Born, Parij harbiy okrugi qo‘mondoni general Loik Mizon va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

«Orli» xalqaro aeroportida oliy martabali mehmon sharafiga ikki mamlakat davlat bayroqlari ko‘tarildi, faxriy qorovul saf tortdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston delegatsiyasi joylashgan qarorgoh oldida Fransiyada o‘qiyotgan, ishlayotgan va ilmiy izlanishlar olib borayotgan bir guruh vatandoshlar prezident Shavkat Mirziyoyevni katta xursandchilik bilan kutib oldi. Davlat rahbari ular bilan samimiy suhbatlashdi, o‘qish va izlanishlariga muvaffaqiyat tiladi.

Tashrifning asosiy tadbirlari bugun, 12 mart kuniga mo‘ljallangan.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Foto: Prezident matbuot xizmati

Dasturga muvofiq, Yelisey saroyida oliy darajadagi O‘zbekiston-Fransiya muzokaralari bo‘lib o‘tadi.

Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev YuNeSKO bosh direktori Odri Azule bilan uchrashuv hamda Fransiyaning yetakchi kompaniya va banklari vakillari bilan davra suhbati o‘tkazadi.

Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston prezidenti sifatida bundan oldin ikki marotaba Fransiyaga tashrif buyurgan. Birinchi marta 2018 yilda rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatga borgan edi. 2022 yilda ham davlat rahbari Emmanuel Makronning taklifiga ko‘ra Fransiyaga tashrif buyurgandi.

 

 

Mavzuga oid