Shavkat Mirziyoyev: Uy-ro‘zg‘or ishlaridan ortib, ta’lim olayotgan xotin-qizlar zamonamizning haqiqiy qahramonlari
Ko‘ksaroy qarorgohida Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Prezident ayollarning og‘irini yengil qilish, ularga qo‘shimcha sharoitlar yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Ko‘ksaroy qarorgohida Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi, deb xabar beradi Prezident matbuot xizmati.
Tadbir avvalida Shavkat Mirziyoyev nutq so‘zlab, barcha ayol-qizlarni samimiy qutladi. Xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini to‘liq ta’minlash, qadr-qimmatini ulug‘lash davlat siyosatida yetakchi o‘rinda ekanini ta’kidladi.
Shuningdek, prezident ayollarning og‘irini yengil qilish, ularga qo‘shimcha sharoitlar yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratdi.
«Uy-ro‘zg‘or ishlari va farzand tarbiyasidan ortib, ta’lim olayotgan, mehnat qilayotgan va tadbirkorlik bilan shug‘ullanayotgan xotin-qizlar zamonamizning haqiqiy qahramonlari, desak, to‘g‘ri bo‘ladi. Yangi O‘zbekistonda xotin-qizlarning og‘irini yengil qilish, ular uchun barcha sohalarda zarur sharoitlarni yaratib berish doimo davlat siyosatining eng ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qoladi», – dedi Shavkat Mirziyoyev.
Shu bois, yangilangan Konstitutsiyadagi ijtimoiy davlat tamoyiliga muvofiq, ayollarni ijtimoiy himoya qilish ham yangicha tashkil etilayotgani ta’kidlandi.
Qayd etilishicha, 2025 yilda nogironligi bo‘lgan 162 ming nafar ayolga sanatoriy, shifoxona va o‘zlari yashayotgan mahallada tibbiy yordam ko‘rsatiladi, boquvchisini yo‘qotgan 130 ming nafar xotin-qizga moddiy yordam beriladi, yana 6 mingining uy-joy sharoitlari yaxshilanadi, mehnatga layoqatli ayollar ishga joylashtiriladi.
Mavzuga oid

21:18 / 07.03.2025
Shavkat Mirziyoyev Tadbirkor ayollar kengashini tashkil etish tashabbusini ilgari surdi

20:41 / 07.03.2025
Har yili kamida 200 nafar qiz dunyoning nufuzli oliygohlariga o‘qishga yuboriladi

19:13 / 07.03.2025
Toshkent va Samarqandda noyob minerallar texnoparki tashkil etilishi mumkin

14:27 / 07.03.2025