How Ridiculous kanali yutuberlari 3ta telefon chidamliligini sinab ko‘rmoqchi bo‘lishdi: Apple va Samsung'dan flagmanlar va hammamizga tanish bo‘lgan «g‘isht» Nokia 3310. Buning uchun ushbu uch uskuna taxminan 300 metr balandlikdagi vertolyotdan uloqtirildi. Natija esa haqiqatan ham ajablanarli.
Avvaliga Nokia 3310'ni bir necha marta 45, 76, 152 va 228 metr balandlikdan tashlab ko‘rishdi. Telefon barcha holatlarda qismlarga bo‘linib ketdi, ammo ishlashda davom etdi — uchinchi urinishda telefon ekrani singani istisno bo‘ldi. Biroq to‘rtinchi sinovdan so‘ng u o‘zining mashhur «Zmeyka» o‘yinini qiyinchiliksiz ishga tushirdi. Tajriba tashkilotchilarining alohida e'tirof etishicha, sinovlar uchun tanlangan maydon otilish uchun qulay emasdi: yer tosh kabi qattiq.
Ammo final musobaqasi vaqti keldi: uchala qurilma ham 304 metr balandlikdan uchib tushdi. E'tibor berish lozimki, smartfonlar silikon bilan qoplangandi: ularning shishali orqa panellari Nokia'ning plastik qobig‘iga nisbatan olganda avvaldan yutuq olib beradigan holatda emasdi.
Natija hayratlanarli bo‘ldi. Uchala qurilma ham «tirik» qoldi - iPhone 11 Pro orqa paneli sinib parchalangan bo‘lsa, Galaxy S10 + biroz kuchli shikastlandi — kamerasi ishdan chiqdi. Nokia esa hatto parchalanib ketmadi va hech narsa bo‘lmagandek ishlashda davom etdi.
Albatta, video ostidagi sharhlarda eski Nokia haqida hazillarni uchratishingiz mumkin.
G‘alati, nega Nokia qulashidan so‘ng sayyora ikkiga bo‘linib ketmadi? (Ian Meyer)
Bu FeYK! Haqiqiy «nokia» Yerning yadrosigacha yetgan bo‘lardi. (Yikes)
Nokia parchalanmagan. U planetani asrab qolish uchun o‘zini qurbon qilgan. (Koko Lolo)
Nokia qulashi Yerni o‘z o‘qidan chiqarib yubormaganiga hayronman. (The Jokke Rulez)