Perfectum va Nokia O‘zbekistonda 5G tarmog‘ini ishga tushirish bo‘yicha shartnoma imzoladi

Jamiyat 19:35 / 05.03.2024 15419

2024 yil fevral oyida Barselonada (Ispaniya) har yili o‘tkaziladigan Xalqaro mobil kongress (Mobile World Congress 2024) bo‘lib o‘tdi, unda "RUBICON WIRELESS COMMUNICATION" MChJ (Perfectum savdo belgisi) kompaniyasi bosh direktori Dmitriy Shukov va HEAD of EUROPE NOKIA rahbari Dr. Rolf Verner, NOKIA kompaniyasining Vitse prezidenti Erez Sverdlov, Cloud and Network Services Market Leader, Europe at NOKIA yetakchisi (Finlyandiya) NOKIA, Perfectum va O‘zbekiston raqamli rivojlanish vazirligi top-menejyerlari ishtirokida 2 yil davomida O‘zbekiston bo‘ylab 100 million yevrolik 5G Standalone (SA)  tarmoq uskunalarini yetkazib berish, o‘rnatish va ishga tushirish haqidagi bitimni imzoladilar.

Shu bilan birga, Core 5G SA uskunalari va RAN radio quyi tizimlari yetkazib beriladi va o‘rnatiladi.

NOKIA uskunalarini yetkazib berish bilan bir vaqtda 5G SA tarmog‘i uchun mahsulotlarni boshqarish va hisob-kitob funksiyalarini ta’minlash uchun Qvantel (Finlyandiya) kompaniyasidan BSS (Business Support System) platforma uskunasi yetkazib beriladi, o‘rnatiladi va ishga tushiriladi.

HEAD of EUROPE NOKIA rahbari Dr. Rolf Verner va Dmitriy Shukov UzReport telekompaniyasiga intervyu berishdi:

Perfectum bosh direktori Dmitriy Shukov ta’kidlaganidek: “Kompaniya O‘zbekiston Respublikasida yangi 5G SA tarmog‘ini imkon qadar tezroq ishga tushirishni rejalashtirmoqda va tarmoqni 2024 yil oktyabr oyida Toshkent va Toshkent viloyatida tijorat maqsadlarida foydalanishga topshirishni kutmoqda. Kompaniya aksiyadorlari va rahbariyatining qarori 5G SA tarmog‘i mamlakat fuqarolari va korporativ mijozlar uchun imkon qadar to‘liq imkoniyatlarni taqdim etishdan iborat. Bu davlat rahbarining sarmoyadorlar va biznes uchun qulay shart-sharoit yaratish borasidagi izchil qarorlari natijasida amalga oshirilmoqda. Muhim jihati shundaki, mazkur loyiha G‘arb moliyaviy tashkilotlari mablag‘larini jalb qilish hisobiga amalga oshirilayotgan mamlakat sarmoyaviy muhitiga ishonchning yuqori ekanligini bildiradi”.

Ahamiyatli jihati shundaki, Perfectum va Nokia o‘rtasidagi mazkur loyiha G‘arbiy moliyaviy tashkilotlar mablag‘lari hisobidan, O‘zbekistondagi «Sanoatqurilishbank» va boshqa banklar ishtirokida moliyalashtiriladi

Mobile World Congress 2024

Reklama

Ko‘proq yangiliklar: