Nokia smartfonlari sotuvdan olib tashlandi

Fan-texnika 11:18 3190

Finlandiyaning HMD Global kompaniyasi Nokia brendi ostida smartfonlar ishlab chiqarishni to‘xtatdi. Bu haqda TechNetBook xabar bermoqda.

Endi kompaniya veb-saytidan ushbu smartfonlarni sotib olish imkoni yo‘q.

HMD Global o‘z brendi ostida smartfonlar sotishni rejalashtirmoqda. Kompaniya 2016 yildan beri Nokia ishlab chiqarish bilan shug‘ullanib kelgan, ammo bu qurilmalar bozordagi yirik brendlar — Apple va Samsung bilan raqobatga dosh berolmadi. Shu sababli ulardan voz kechishga qaror qilindi.

Nokia bozordan butunlay chiqib ketmayapti — kompaniya arzon va ko‘p funksiyali tugmachali telefonlarni yetkazib berishda davom etadi. Aynan shu modellar 2000 yillar boshida brendni dunyoga mashhur qilgandi.

Eng talabgir model Nokia 3310 bo‘lgan. U ilk bor 2000 yilda ishlab chiqarilgan. 2017 yilda esa uning zamonaviy versiyasini ishlab chiqarish qayta yo‘lga qo‘yilgan.

Ko‘proq yangiliklar: