Sport | 17:45 / 19.12.2018
11059
2 daqiqa o‘qiladi

«Lokomotiv» ikki legioner va O‘zbekistonning uch karra chempioni bilan shartnoma imzoladi

Foto: Ma'ruf Asqarov / KUN.UZ

O‘zbekiston chempioni «Lokomotiv» uch nafar futbolchini o‘z safiga qo‘shib olganini ma'lum qildi.

«Temiryo‘lchilar» o‘tgan mavsumni OKMK tarkibida o‘tkazgan serbiyalik yarimhimoyachi Yovan Jokich va «Bunyodkor»ning ikki futbolchisi – serbiyalik hujumchi Filipp Rayyevats va yarimhimoyachi Azizbek Haydarov bilan shartnoma imzoladi.

26 yoshli Yovan Jokich faoliyati davomida «Yavor» (Serbiya), «Atirau» va Olmaliqning OKMK klublarida o‘ynagan. Uning tengdoshi Filipp Rayyevats «Kolubara» (Serbiya), «Siarka» (Polsha), «Belgrad» (Serbiya), «Qo‘qon-1912» va «Bunyodkor» klublari sharafini himoya qilgan.

O‘zbekistonning uch karra chempioni, tajribali futbolchi Azizbek Haydarov 2004-2007 yillar davomida «Lokomotiv» tarkibida o‘ynab, keyinchalik «Bunyodkor»ga o‘tgandi. U faoliyati davomida «Bunyodkor», «Ash-Shabab» (BAA) va «Ajman» (BAA) klublarida to‘p tepgan.

Mavzuga oid