Hyundai vodorodda yuruvchi yuk mashinasining ilk suratini namoyish qildi

Foto: Hyundai
Hyundai markasi vodorod yonilg‘i elementlariga ega elektr dvigatelda harakatlanuvchi yuk mashinasining ilk suratini namoyish qildi. Ushbu modelni Yevropada 2019 yilda sotuvga chiqarish rejalashtirilmoqda.
Janubiy Koreyaning avtomobilsozlik kompaniyasi ekologik yuk mashinasini yaratish haqidagi rejalari bilan Gannoverdagi xalqaro tijorat transporti ko‘rgazmasida o‘rtoqlashdi. Kompaniya vakili 2019 yilda mashinaning barcha texnik ko‘rsatkichlari oshkor qilinishiga va'da berdi.
Hozircha esa yangi mashina Hyundai tijorat transporti qatorining boshqa “vakillari”dan farq qilishigina ma'lum. Jumladan, yuk mashinasi radiatoridagi surat vodorodni ifodalaydi, aerodinamik samaradorlikka esa mashina tomidagi spoyler hamda kabina va yarimtirkama o‘rtasidagi detallar javob beradi.
Hyundai modellari orasida vodorodda harakatlanuvchi avtomobillar mavjud, bular: iX35 Fuel Cell va NEXO krossoverlari. NEXO yanvardagi CES ko‘rgazmasida debyut qilgan. Yo‘ltanlamas 120 kilovattli (163 ot kuchi) elektromotor bilan jihozlangan. Motor vodorod yonilg‘i elementlari blokidan quvvatlanadi. Mashinada bir quvvatlanishda 590 km yo‘l bosib o‘tish mumkin.
Mavzuga oid

09:20 / 08.02.2025
Yuk mashinalari importiga imtiyozlar 2028 yilgacha uzaytiriladi

22:59 / 09.01.2025
Hyundai kompaniyasi 2025 yilda Janubiy Koreya iqtisodiyotiga 16,7 mlrd dollar sarmoya kiritadi

20:20 / 24.11.2024
Hyundai 42 mingdan ortiq avtomobilini chaqirib oladi

18:55 / 14.09.2024