Hyundai 42 mingdan ortiq avtomobilini chaqirib oladi

Jahon 20:25 1152

Hyundai Motor North America kompaniyasi simlar bilan bog‘liq muammo sabab 42 mingdan ortiq avtomobilini chaqirib olishini ma’lum qildi, deb xabar beradi NBC News.

AQSh Yo‘l harakati xavfsizligi milliy boshqarmasi (NHsA) 2025 yilgi Hyundai Tucson va Hyundai Santa Cruz avtomobillari tormoz tepkisi bosilmagan taqdirda ham «avtoturargoh» rejimidan chiqib ketishi mumkinligidan ogohlantirdi — bu avariyalar yoki jarohatlar sonining oshishiga olib kelishi mumkin.

Janubiy Koreya avtomobil kompaniyasining yuqorida nomi keltirilgan AQShdagi modellari, xususan, 35,5 mingdan ortiq Tucson va 6,9 ming Santa Cruz chaqirib olinadi. NHsA’ga ko‘ra, ushbu avtomobillarning 1 foizida nuqson mavjud.

Tucson — 28 ming dollardan qimmatroq narxda sotiladigan krossover, Santa Cruz esa narxi 33 ming dollardan boshlanadigan pikap va yo‘ltanlamas gibridi.

Hyundai kompaniyasi sotuvga chiqarilgan avtomobillar bilan bog‘liq jarohatlar, o‘lim holatlari, avariya yoki yong‘inlar to‘g‘risida hech qanaqa ma’lumotlar kelib tushmaganini bildirdi. NHsA ma’lumotlariga ko‘ra, bu Hyundai avtomobillarining yagona chaqirib olinish holati emas.

Kompaniya, shuningdek, 145 mingdan ziyod Genesis va IONIQ elektromobillarini chaqirib oladi. Bunga akkumulyatorlarni quvvatlantirish tartibini ishdan chiqaradigan quvvat boshqaruvi blokidagi muammolar sabab bo‘lmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: