O‘zbekistonda o‘g‘itlar xavfsizligiga doir talablar o‘zgardi

O‘zbekiston 14:20 640

Hujjat bilan 2025 yil 1 maydan kuchga kiradigan Organik va organik-mineral o‘g‘itlar xavfsizligi to‘g‘risida texnik reglament yangi tahrirda tasdiqlandi. U organik va organik-mineral o‘g‘itlarning xavfsizligiga, ularning ishlab chiqarishga, tashishga, saqlashga, yo‘q qilishga, qayta ishlashga hamda sotishga qo‘yiladigan talablarni belgilaydi.

Organik va organik-mineral o‘g‘itlar xavfsizligini baholash mezonlari kuyidagilardan iborat:

  • inson hayoti va sog‘lig‘i uchun biologik, kimyoviy va radiatsiyali xavflar yo‘qligi;
  • organik va organik-mineral o‘g‘itlarning inson yashash muhitiga, oziq-ovqat mahsulotlari sifati va xavfsizligiga salbiy ta’sirini bartaraf etish;
  • toksiklik, shu jumladan, inson salomatligiga o‘ziga xos va uzoq muddatli ta’sirlarini baholash (allergenlik, immunotoksinlik).

Organik-mineral o‘g‘itlarning yaroqlilik muddati tugagandan so‘ng o‘g‘it xavfsizlik pasportiga muvofiq yo‘q qilinadi.

O‘g‘itlar texnik reglamentga muvofiq zararsizlantirilgandan keyin texnologik qayta ishlanishi lozim.

Organik va organik-mineral o‘gitlar maxsus savdo shoxobchalarida sotilishi va bu yerda ularni saqlash shartlari bajarilishi lozim.

Bir savdo bo‘limida organik va organik-mineral o‘g‘itlarni ular iste’mol xossalariga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan tovarlar bilan birgalikda sotishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Chakana savdoda organik va organik-mineral mahsulotlar qadoqlangan shaklda sotiladi.

Ko‘proq yangiliklar: