Janubiy Koreyaning Hyundai Motor Group kompaniyasi 2025 yilda mamlakat iqtisodiyotiga 23,4 trillion von (16,7 milliard dollar) sarmoya kiritishni rejalashtirmoqda.
«Hyundai kompaniyasi joriy yilda Janubiy Koreyaga o‘z tarixidagi eng yirik sarmoyani kiritmoqda, chunki u uzluksiz va barqaror investitsiyalarsiz inqirozni yengib o‘tish hamda oshib borayotgan noaniqlik sharoitida kelajakda o‘sish dvigatellarini shakllantirish mumkin emasligiga ishonadi», — deyladi xabarda.
Rejalashtirilayotgan investitsiyalar ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik uchun 11,5 trillion von, elektromobillar ishlab chiqarish quvvatini modernizatsiya qilishga esa 12 trillion von ajratilishini o‘z ichiga oladi. Qolgan mablag‘lar avtonom boshqaruv sohasidagi texnologik rivojlanishni tezlashtirishga yo‘naltiriladi.
Hyundai Motor Company aksiyalari 9 yanvar kungi savdolar yakunida 0,2 foizga arzonlashgan.
Hyundai Motor Group — dunyoda eng ko‘p avtomobil ishlab chiqaradigan Toyota Motor va Volkswagenʼdan keyingi uchinchi o‘rinda turadi. Joriy yilda xolding global savdolar hajmini 2 foizga oshirib, 7,4 million avtomobilga yetkazmoqchi.
Avvalroq Yaponiyaning Honda va Nissan kompaniyalari xitoylik ishlab chiqaruvchilar avtomobil sanoatini tubdan o‘zgartirib yuborayotgani bois o‘zaro birlashishga qaror qilgandi. Ular birgalikda qo‘shma holding tashkil etadi.