Samarqandning So‘g‘diyonasi obod maskanga aylantiriladi
Samarqand shahridagi So‘g‘diyona tayanch tibbiyot kollejida viloyat hokimi T.Jo‘rayev rahbarligida So‘g‘diyona maskani hududini ijtimoiy-muhandislik, yo‘l infratuzilmasi hamda ko‘p qavatli uy-joy fondini ta'mirlash va atrofini obodonlashtirish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi.
Prezident Sh.Mirziyoyevning 2018 yil 16 martdagi qarori bilan tashkil etilgan «Samarqand viloyatini obodonlashtirish va farovonligini oshirish jamg‘armasi»ga 50 mln. dollar miqdorida mablag‘ ajratilgan. Ushbu mablag‘ viloyatning ijtimoiy-iqtisodiy, muhandislik va yo‘l infratuzilmasini tubdan rekonstruksiya qilishga imkon berib, aholining kundalik yashash sharoitini yanada yaxshilashga zamin yaratadi.
Sh.Mirziyoyevning 17–18 mart kunlari Samarqand viloyatiga tashrifi davomida bergan topshiriqlari ijrosini ta'minlash maqsadida bir qator ishlar amalga oshirildi. Jumladan, viloyat hokimligi tomonidan ijtimoiy-iqtisodiy, muhandislik va yo‘l infratuzilmasini yaxshilash, ko‘rsatilayotgan kommunal xizmatlar sifatini oshirish va sohadagi mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan jami 334,4 mlrd. so‘mlik chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqildi.
Shundan:
- Samarqand shahrida jami 28,5 km uzunlikda yo‘l qurish va rekonstruksiya qilish;
- 5 ta asosiy ko‘chalarda piyodalar uchun yo‘l o‘tkazgich ko‘prigi qurish va 2 ta ko‘chadagi mavjud yer osti o‘tish yo‘lagini rekonstruksiya qilish;
- shaharning Sartepa, So‘g‘diyona, Mikrorayon «A» va «B» maskanlari hududidagi jami 317 ta ko‘p qavatli uy-joylarni mukammal ta'mirlab, hududini obodonlashtirish;
- shaharning ichimlik suv tarmoqlarini qurish, mavjud suv tarmoqlarini hamda oqova suv quvurlarini yangilash;
- Samarqand shahrida 4 ta markazlashgan qozonxona qurish;
- shaharning 20 ta markaziy ko‘chasida hamda Sartepa, So‘g‘diyona, Mikrorayon «A» va «B» maskanlari, Farhod, So‘lim, Kimyogarlar qo‘rg‘oni hududlarining tungi yoritish tizimlarini mukammal ta'mirlash;
- shahar obodonlashtirish boshqarmasiga 63 ta turli hajmdagi yuk ortish, ko‘cha supurish, yuvish, yuklash, tekislash, daraxt ekish va boshqa avtotransport vositalarini hamda 40 ta o‘t o‘rish uskunalarini xarid qilish;
- Samarqand shahrining Amir Temur, Buyuk Ipak yo‘li, Turkiston, Ali Qushchi, Rudakiy va O‘zbektrak ko‘chalarini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirilgan qismining sun'iy sug‘orish tizimini yaxshilash;
- ko‘p qavatli uy-joylardagi mavjud 71 ta lift moslamasini yangisiga almashtirish rejalashtirildi.
Bu ishlarni o‘z muddatida bajarilishi uchun 1 ta bosh shtab va joylarda 4 ta hududiy shtablar faoliyati tashkil etildi. Xususan, So‘g‘diyona maskani bo‘yicha shtab faoliyati Nodirabegim mahallasi ma'rifat markazida tashkil etildi.
So‘g‘diyonada 5 ta mahalla fuqarolar yig‘ini mavjud. 68 ta ko‘p qavatli uy-joy va ularda 3315 ta xonadon joylashgan. 15 ming nafardan ko‘proq aholi istiqomat qiladi. Shuningdek, hududda 2 ta maktab, 1 ta litsey, 2 maktabgacha ta'lim muassasasi va 1 ta shifoxona ishlab turibdi.
68 ta ko‘p qavatli uy-joylarning 40 tasi 5 qavatli, 27 tasi 9 qavatli va 1 tasi 12 qavatli bo‘lib, ularga 7 ta xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari xizmat ko‘rsatadi.
Samarqand viloyatini obodonlashtirish va farovonligini oshirish jamg‘armasi mablag‘i hisobidan So‘g‘diyona maskanida joriy yilda 68 ta ko‘p qavatli uy-joyning tom, yerto‘la, ichki muhandislik tarmoqlari mukammal ta'mirlanadi, unga tutash hududlarni obodonlashtirish ishlariga 15,1 milliard so‘mdan ko‘proq mablag‘ yo‘naltiriladi.
Uy-joylar hovlilarida 11 ta bolalar maydonchasi, 15 ta kattalar sport maydonchasi, 17 ta aholi yig‘inlari uchun ayvon, 3 ta o‘yin maydonchasi va 1 ta avtomobillarni saqlash uchun avtoturargoh quriladi.
Maskan hududidagi ichki ichimlik suv tarmoqlarini to‘liq yangilash, hududni o‘rab turgan Ali Qushchi, Tong, Narpay ko‘chalarini hamda ichki 5,1 km uzunlikdagi yo‘llarni tungi yoritish hamda irrigatsiya tizimlari bilan birgalikda mukammal ta'mirlash belgilandi.
Yig‘ilishda ushbu maskanda amalga oshirish rejalashtirilgan ta'mirlash va bunyodkorlik ishlarini o‘z muddatlarida bajarishda aholining yaqindan hamkorlik qilishi ta'kidlandi.
Shuningdek, hududdagi noqonuniy qurilmalarni va garajlarni olish, xonadonlar ichidan o‘tgan umumiy foydalanishdagi issiqlik va issiq suv, sovuq suv va oqova quvurlarini almashtirish uchun ishchilarga shart-sharoit yaratish, ko‘p qavatli uy-joylarning fasad qismini buzib turgan, yillar davomida uyning balkon qismida olib borilgan qo‘shimcha qurilishlarni buzib, balkonlarni asl holatiga keltirish, 9 qavatli uy-joylardagi liftlarning old qismini o‘rab turgan jihozlarni olib tashlash kabi ishlarni amalga oshirishda aholini faol bo‘lishga chaqirildi.
Yig‘ilishda qatnashgan mahalla faoli va aholi vakillari viloyat hokimiga o‘zlarini qiziqtirgan savollarini, taklif va mulohazalarini berishdi. Yillar davomida yechilishini kutib yotgan muammolari haqida gapirishdi.
Shuhrat Shokirjonov,
Kun.uz muxbir
Tavsiya etamiz
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
O‘zbekistonliklarni haqoratlagan tiktoker qamoqqa olindi
Jamiyat | 09:52 / 10.04.2025
Xitoy o‘z fuqarolarini AQShga bormaslikka chaqirdi
Jahon | 22:59 / 09.04.2025
Savdo urushlari: Trampning maqsadi nima?
Jahon | 19:21 / 09.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Yaponiya o‘zbekistonlik haydovchilar uchun mehnat bozorini ochmoqda
O‘zbekiston | 15:20
-
Probatsiyani amalga oshirishga ko‘maklashgan shaxslar rag‘batlantirilishi mumkin
O‘zbekiston | 14:52
-
Toshkentda qutqaruvchilar uy ichida qulflanib qolgan 1 yoshli bolaga yordam ko‘rsatdi
O‘zbekiston | 14:51
-
Raqobat qo‘mitasi qurilishni vaqtida tugallamagan qurilish kompaniyasiga nisbatan ish qo‘zg‘atdi
O‘zbekiston | 14:42
Mavzuga oid

17:01 / 08.04.2025
Samarqand iqlim forumida qanday natijalarga erishildi?

14:48 / 08.04.2025
Samarqandda Imom Moturidiy yodgorlik majmuasini kengaytirish uchun 217 ta turarjoy binosi buziladi

10:47 / 08.04.2025
Samarqandda haydovchi 25 nafar bolani Damas'ga mindirib ketayotgani aniqlandi

18:50 / 05.04.2025