Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Raqobat qo‘mitasi qurilishni vaqtida tugallamagan qurilish kompaniyasiga nisbatan ish qo‘zg‘atdi
Bektemir tumanida ko‘p qavatli turar joy majmuasini qurayotgan “Zamin Great City” MChJga nisbatan ish ochildi. Shartnoma bo‘yicha qurilish muddati 2024 yil 4 chorak etib belgilangan, ammo hanuzgacha uy topshirilmagan va qurilish ishlari to‘xtab qolgan.

Foto: Kun.uz
Raqobat qo‘mitasi “Zamin Great City” qurilish kompaniyasiga nisbatan ish qo‘zg‘atdi, deya xabar bermoqda qo‘mita matbuot xizmati.
Ma’lum qilinishicha, Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasiga fuqaro tomonidan “Zamin Great City” MChJ bilan tuzilgan shartnoma yuzasidan murojaat kelib tushgan.
Unga ko‘ra, Toshkent shahri Bektemir tumanidagi ko‘p qavatli turar joydan 39,47 kv m maydonga ega 2 xonali xonadonni sotib olish uchun 252 608 000 so‘m to‘lov amalga oshirilgan. Shartnoma bo‘yicha qurilish muddati 2024 yil 4 chorak etib belgilangan bo‘lishiga qaramay, hanuzgacha uy topshirilmagani va qurilish ishlari to‘xtab qolgani aniqlangan.
“O‘zbekiston Respublikasi “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonuni 19-moddasiga muvofiq iste’molchi belgilangan muddatda uy topshirilmagan taqdirda shartnomadan voz kechish, yetkazilgan zararni qoplash va to‘langan mablag‘ni qaytarish huquqiga ega. Shuningdek, ijrochi qurilish muddatini buzgani uchun qonunchilikda nazarda tutilgan penya va boshqa majburiyatlarni bajarishi shart.
Yuqoridagilardan kelib chiqib Raqobat qo‘mitasi Maxsus komissiyasi tomonidan “Zamin Great City” MChJga nisbatan ish qo‘zg‘atildi. Qurilish muddatlariga amal qilish, iste’molchilarning qonuniy huquqlarini himoya qilish va ularning moddiy manfaatlarini tiklash bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi”, - deyiladi rasmiy xabarda.
Qo‘mita ma’lumotlariga ko‘ra, 2024 yilda qurilishda iste’molchilar huquqlari buzilishi masalasi bo‘yicha 1640 ta, 2025 yil o‘tgan davri mobaynida 234 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, ko‘rib chiqish natijasida jami 16,2 mlrd so‘m mablag‘ qayta hisob-kitob qilingan.
Raqobat qo‘mitasi iste’molchilarni qurilish shartnomalarini imzolashda ehtiyotkor bo‘lishga, qurilish kompaniyalarini esa shartnomaviy majburiyatlariga qat’iy rioya qilishga chaqirgan.
Tavsiya etamiz
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
Jamiyat | 15:33 / 23.07.2025
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 15:28 / 22.07.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 09:27 / 22.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQSh Isroil - HAMAS muzokaralaridan chiqdi
Jahon | 00:46
-
Sun’iy intellekt olimlarga Qadimgi Rim tarixidagi bo‘shliqlarni to‘ldirishga yordam beradi
Fan-texnika | 23:45 / 24.07.2025
-
Zalujniy Rossiyaga qarshi urush 2034 yilgacha davom etishini bashorat qildi
Jahon | 22:53 / 24.07.2025
-
Toshkentda voleybol bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida jahon chempionati boshlandi
Sport | 22:49 / 24.07.2025
Mavzuga oid

20:19 / 18.07.2025
“Bu narsa baribir ko‘tariladi” – Murod Nazarov nega daraxtlar kesish tartibini o‘zgartirishni so‘radi?

15:49 / 17.07.2025
“Farg‘onaazot” karbamid bozoridagi ustun mavqeni yo‘qotdi - Raqobat qo‘mitasi

14:18 / 17.07.2025
Raqobat qo‘mitasi 43 mlrd so‘mlik davlat xaridlarini bekor qildi

09:07 / 10.07.2025