Samarqand viloyati delegatsiyasi Xitoyda kelishuvlarga erishdi: investitsiyalar va turistlar jalb qilinadi
Samarqand viloyati va Xitoyning Shensi provinsiyasi ishbilarmon doiralari o‘rtasida ikki tomonlama savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy aloqalarni kengaytirish maqsadida Sian shahrida xalqaro biznes-forum va taqdimotlar o‘tkazilmoqda.
Viloyat hokimi Turobjon Jo‘rayev boshchiligidagi delegatsiya shu kunlarda Xitoy Xalq Respublikasining Shensi provinsiyasida bo‘lib turibdi, deb xabar bermoqda Kun.uz’ga viloyat hokimligi matbuot xizmati.
8 aprel kuni Samarqand viloyati va Shensi provinsiyasi ishbilarmonlar doiralari ikki tomonlama savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy aloqalarni kengaytirish maqsadida viloyat hokimi boshchiligidagi delegatsiya a'zolari Sian shahridagi xalqaro logistika markazida viloyatning investitsion imkoniyatlari hamda eksport salohiyati mavzusida biznes-forum o‘tkazdi.
Tadbirda Sian shahrining vitse-meri, janob Gao Gao, Shensi provinsiyasi tashqi ishlar departamenti mas'ul xodimlari hamda yirik ishbilarmon vakillari ishtirok etishdi.
O‘tkazilgan biznes forumda O‘zbekiston Respublikasi, jumladan, Samarqand viloyatining investitsion imkoniyatlari, eksport salohiyati to‘g‘risida taqdimot o‘tkazilib, videorolik namoyish etildi.
Sianlik ishbilarmonlar tomonidan katta qiziqish bilan qabul qilingan biznes-forum savol-javoblarga boy bo‘ldi. Taqdimot yakunida Samarqanddan tashrif buyurgan 26 nafar tadbirkor va Shensi provinsiyasidan ishtirok etgan kompaniyalar vakillari o‘zaro muzokara olib borishdi.
Tashrifning birinchi kunida qiymati 23,6 mln. dollarlik to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiya jalb qilish hisobiga 3ta loyihani amalga oshirish bo‘yicha kelishuvlar imzolandi.
Jumladan, «Sam Eco Root» MChJ korxonasi negizida qizilmiya ekstrakti va kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirishda «Liaoning Sindpond Titanium Industry» kompaniyasi qiymati 12,6 mln. dollarlik to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyani yo‘naltirish bo‘yicha memorandum imzolandi.
«Optima Sobirjon» MChJ negizida meditsina sohasida bir marta ishlatiladigan lateks qo‘lqoplar ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirish uchun «CTMTS» kompaniyasidan qiymati 1 mln. dollarlik asbob-uskunalarni sotib olish bo‘yicha shartnoma imzolandi.
«Samarqand kimyo» aksiyadorlik jamiyati negizida kimyoviy o‘g‘itlar ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirishda «Liaoning Sindpond Titanium Industry» kompaniyasi tomonidan qiymati 10 mln. dollarlik to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarni yo‘naltirish bo‘yicha memorandum imzolandi.
Tadbir davomida Sian shahri vitse-meri samarqandlik tadbirkorlarga o‘z mahsulotlarini sotishlari uchun Sian quruqlik portidan alohida savdo maydonchasi ajratilishini hamda ushbu savdo maydonchasi uchun hech qanday to‘lov undirilmasligini ta'kidladi.
Bundan tashqari, turizm bo‘yicha ham o‘zaro aloqalarni mustahkamlash yuzasidan muzokaralar o‘tkazildi. Tadbirda ishtirok etgan Samarqanddagi sayyohlik agentliklarining takliflari ma'qullanib, bir qator shartnomalar imzolashga erishildi.
Mazkur tadbir davomida Samarqand iqtisodiyot va servis instituti va Sian shahri universiteti o‘rtasida turistik agentligi tashkil etish to‘g‘risida hujjatlar imzolandi.
* * *
Shu kuni Samarqand viloyati hokimi Turobjon Jo‘rayev boshchiligidagi delegatsiya a'zolari Shensi provinsiyasi gubernatori janob Lyu Gochjung va uning savdo-iqtisodiyot, investitsiya, ta'lim va madaniyat sohalari bo‘yicha o‘rinbosarlari hamda boshqa mas'ullar ishtirokida uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda janob Lyu Gochjun O‘zbekiston Respublikasining 2017-2021 yillarga mo‘ljallangan Harakatlar strategiyasining barcha yo‘nalishlari bo‘yicha olib borilayotgan islohotlardan xabardor ekanligi, bu islohot O‘zbekiston xalqining farovonligini ta'minlashga xizmat qilishini alohida ta'kidladi.
Gubernator, o‘z navbatida, Shensi provinsiyasi va Samarqand viloyati o‘rtasida har tomonlama munosabatlarni tubdan yaxshilash va foydalanilmayotgan imkoniyatlarni ishga solishga alohida urg‘u berdi. Bunda ikki tomonlama bitimni yanada takomillashtirish va uni safar davomida imzolashni taklif qildi.
* * *
Shuningdek, Samarqand viloyati hokimi Turobjon Jo‘rayev rahbarligidagi delegatsiya a'zolari Sian shahri meri, janob Shanguan Tszing bilan uchrashdi. Uchrashuvda viloyat hokimi tomonidan O‘zbekistonda 2018 yil «Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va investitsiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili» deb e'lon qilinganiga alohida urg‘u berib, ushbu yo‘nalishda Davlat dasturi qabul qilingani haqida batafsil ma'lumot berildi.
Shuningdek, tarixiy obidalarga boy hisoblangan Samarqand shahri turizm infratuzilmasini rivojlantirish maqsadida yaqin kunlarda qurilishi mo‘ljallanayotgan «Samarqand Siti» loyihalari amalga oshirilayotgani va bunda Siandagi kompaniyalar ishtirokini qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanligini bildirdi.
Sian shahri meri, o‘z navbatida, Samarqand va Sian shaharlari o‘rtasida o‘rnatilgan birodarlik aloqalarining yangi bosqichga o‘tganligini chuqur mamnuniyat bilan izohladi. Bu borada turizm, ta'lim va madaniyat sohasida o‘zaro hamkorlikda jiddiy yondashish istagini bildirib, yaqin kunlarda meriyaning savdo boshqarmasi boshlig‘i rahbarligidagi delegatsiyani Samarqandga yuborishini ma'lum qildi.
* * *
Kunning ikkinchi yarmida Sian va Samarqand shaharlarining «Birodarlashuv bitimi» imzolanganligining 5 yilligi munosabati bilan shahardagi katta teatr binosida Samarqand va Sian madaniyat va san'at ustalari ishtirokida bayram dasturi namoyish etildi.
Ushbu tadbirda Sian shahri vitse-meri, Shensi provinsiyasi hamda shahar faollari, Siandagi oliy o‘quv yurtlarida tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talabalar hamda ularning safdoshlari ishtirok etdi.
Tadbir ishtirokchilari bayram dasturini ko‘tarinki ruhda qabul qildi. Yaqin do‘stlik munosabatlari foto va video tasvirlarga olindi.
* * *
Samarqand viloyat hokimi T.Jo‘rayev boshchiligidagi delegatsiya a'zolari 9 aprel kuni Xitoyning «Shaanxi Coal & Chemical Industry group Co., LTD» korporatsiyasi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
2004 yilda asos solingan mazkur korporatsiyaning asosiy faoliyat turi ko‘mir, kimyoviy o‘g‘itlar, elektr energiyasi ishlab chiqarishdan iborat. Korporatsiyaning yillik o‘rtacha ko‘mir ishlab chiqarish quvvati 140 mln. tonna, elektr energiya ishlab chiqarish esa 44 mln. kVt.soatni tashkil qilar ekan.
Shuningdek, mazkur korporatsiya yo‘l va ko‘priklar qurish, sement va boshqa qurilish materiallari ishlab chiqarish bilan ham shug‘ullanadi. Ishlab chiqargan mahsulotlari ichki va tashqi bozorga yetkazib beriladi.
Korporatsiya tarkibiga 60ta korxona kiradi, ularda jami 102 ming kishi faoliyat ko‘rsatadi.
Samarqand viloyatidan borgan delegatsiya a'zolari Sian shahridagi «BYD» korporatsiyasiga tashrif buyurib, elektromobillar ishlab chiqarish jarayoni bilan tanishdi.
Shu kuni «China Volant Industry Corporation» korporatsiyasi rahbariyati bilan ham uchrashuv o‘tkazildi. Korporatsiya menejyeri Van Sichen amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha batafsil ma'lumot berdi.
Ushbu korporatsiya qishloq xo‘jaligi sohasida turli xildagi texnologiyalarga asoslangan issiqxonalar jihozlari ishlab chiqarish va o‘rnatish bilan shug‘ullanadi.
«Zhongtong Bus & Holding Co., Ltd» kompaniyasi rahbariyati bilan ham muzokara olib borildi. Mazkur kompaniya tashkil etilganiga 40 yil to‘lgan. Bugungi kunda bu yerda 4000 mingdan ko‘proq ishchi-xodim mehnat qiladi.
Kompaniya asosan shaharlararo va turistik avtobuslar ishlab chiqaradi. Hozir yuzdan ortiq modelda avtobus ishlab chiqarilmoqda. Birgina 2017 yilda 20 mingta har xil modelda avtobus tayyorlangan, 3000dan ortig‘i eksport qilingan. 2018 yilning o‘tgan davrida esa 2000 mingtasi eksportga jo‘natilgan.
Kompaniya bugungi kungacha O‘zbekistondagi turistik tashkilotlarga yuzdan ortiq avtobus sotgan. Shundan kelib chiqib, mamlakatimiz, jumladan Markaziy Osiyo davlatlari bozoriga turistik avtobuslar yetkazib berish kompaniyaning asosiy maqsadi ekani ta'kidlandi.
Uchrashuvda kompaniya ta'sischilari O‘zbekistonga tashrif buyurib, avtomobilsozlik bo‘yicha hamkorlik qilish to‘g‘risida «O‘zavtosanoat» aksiyadorlik jamiyati rahbariyati bilan muzokara o‘tkazish istagi borligini bildirdi.
9 aprel kungi o‘tkazilgan uchrashuvlar va olib borilgan muzokaralar natijasiga ko‘ra, jami 20 nafar tadbirkor tomonidan Xitoyning 18ta kompaniyalari o‘rtasida umumiy qiymati 88,9 mln. dollarga teng bo‘lgan 17ta shartnoma va memorandum imzolandi.
Shundan:
- hamkorlikda ishlab chiqarish loyihalari tashkil etish bo‘yicha 6ta kelishuvga erishilib, to‘g‘ridan-to‘g‘ri jalb qilinadigan investitsiyalarning umumiy qiymati 32,6 mln. dollarni tashkil etadi;
- mahsulotlar eksporti bo‘yicha 1,9 mln. dollarlik 2ta shartnoma tuzildi;
- ishlab chiqarish uskunalarini xarid kilish uchun 12ta korxona tomonidan 17ta loyiha bo‘yicha 52,8 mln. dollarlik shartnoma imzolandi.
Samarqandlik tadbirkorlar Sian xalqaro moliya markazi binosida mahalliy ishbilarmonlar bilan ham uchrashishdi. Tadbirda viloyatning turistik salohiyati to‘g‘risidagi taqdimoti o‘tkazildi.
Taqdimotda Samarqanddan tashrif buyurgan tadbirkorlar va Sian shahri ishbilarmonlari ishtirokida muzokaralar olib borildi.
Muzokaralar yakuni bo‘yicha qiymati 6 mln. dollarlik, shu jumladan, 4,5 mln. dollarlik to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish bo‘yicha loyihalarni hamkorlikda amalga oshirishga kelishildi.
Jumladan;
- «Bravo madad» oilaviy korxonasi negizida mehmonxona xizmati faoliyatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha «Shaanxi Teenfo Imp & Export» kompaniyasi tomonidan 500 ming dollarlik investitsiya kiritish bo‘yicha memorandum imzolandi;
- viloyatdagi madaniy obektlarni zamonaviy dizayn asosida tungi yoritish tizimini joriy etish bo‘yicha Xitoy kompaniyasi tomonidan 4 mln. dollarlik to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiya kiritish loyihasini amalga oshirishga kelishildi.
Shuningdek, Xitoy Xalq Respublikasi musulmonlari assotsiatsiyasi raisi bilan o‘tkazilgan muzokaralar yakuniga ko‘ra, ziyorat turizmi yo‘nalishida har yili o‘rtacha 100 ming nafar ziyoratchilarni O‘zbekistonga, jumladan, Samarqandga jo‘natish yuzasidan dastlabki kelishuvlarga erishildi.
Tavsiya etamiz
Qimmatga tushgan liposaksiya: blogerni kimlar operatsiya qildi?
Jamiyat | 19:22 / 04.04.2025
NYT Germaniyadagi «urush ofisi» haqida surishtiruv e’lon qildi
Jahon | 15:18 / 04.04.2025
Minbardagi 25 soat: senator Buker nega bunday qildi?
Jahon | 22:47 / 03.04.2025
O‘zbekistonning 9 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 22:24 / 03.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Derazani ochishim bilan tahoratxona portlab ketdi”: Izboskandagi masjiddan reportaj
O‘zbekiston | 15:42
-
Trampning bojlaridan Isroil iqtisodiyoti 3 mlrd dollar yo‘qotishi mumkin
Jahon | 15:31
-
O‘zbekistonning doimiy aholisi soni 2 foizga ko‘paydi
O‘zbekiston | 15:29
-
Brent nefti narxi 2021 yildan beri eng past darajaga tushdi
Jahon | 15:24
Mavzuga oid

16:19 / 04.04.2025
Samarqand iqlim forumi va uning O‘zbekiston uchun ahamiyati qanday bo‘ladi?

16:49 / 02.04.2025
Saida Mirziyoyeva YuNESKO Bosh konferensiyasi Samarqandda o‘tkazilishini olqishladi

09:15 / 01.04.2025
“Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi” birinchi sammiti: Samarqand muhim muzokaralarga tayyorlanmoqda

20:55 / 31.03.2025