Trampning bojlaridan Isroil iqtisodiyoti 3 mlrd dollar yo‘qotishi mumkin
Tramp ma’muriyati tomonidan joriy etilgan boj to‘lovlaridan uning eng yaqin ittifoqchilaridan hisoblanuvchi Isroil ham benasib qolmadi. Bojlar Isroil iqtisodiyoti uchun taxminan 3 mlrd dollar yoki YaIMning 0,6 foiziga teng zarar keltirishi mumkin.

Foto: Reuters
Bu haqda Reuters Citi banki iqtisodchisi Mishel Nis tahliliga tayanib xabar bermoqda.
Isroil Ishlab chiqaruvchilar uyushmasi rahbari Ron Tomer bojlar mamlakat iqtisodiy barqarorligiga putur yetkazishi, xorijiy sarmoyalarni qaytarib yuborishi, AQSh bozorida Isroil kompaniyalarining raqobatbardoshligini pasaytirishi hamda ikki davlat o‘rtasidagi savdo va sarmoyaviy munosabatlarni ortga surishini bildirdi.
«Ushbu qaror uzoqqa cho‘zilmaydi, deb umid qilamiz va ishonamiz. Bizning maqsadimiz — moliya va iqtisodiyot vazirliklari bilan hamkorlikda buni bekor qilish», — dedi Tomer.
Seshanba kuni Isroil hukumati AQShdan keltiriladigan import mahsulotlariga qolgan bojlarni bekor qildi. Bu orqali Tramp ma’muriyati tomonidan va’da qilingan yangi bojlarning oldini olish yoki kamaytirish ko‘zda tutilgan edi.
Biroq bu choralar yetarli bo‘lmadi — AQSh Isroilga nisbatan 17 foizlik bojlar joriy etdi. Bu ko‘plab boshqa davlatlar uchun belgilangan 10 foizdan ham yuqori.
Isroil Moliya vazirligi vakilining Reuters agentligiga ma’lum qilishicha, bu bojlar Isroildan chiqariladigan stanok va tibbiy uskunalar eksportiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Shu sababli mamlakat Tramp ma’muriyatidan boj stavkasini 10 foizdan oshirmaslikni so‘rashi lozim, deyiladi.
Tavsiya etamiz
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
O‘zbekistonliklarni haqoratlagan tiktoker qamoqqa olindi
Jamiyat | 09:52 / 10.04.2025
Xitoy o‘z fuqarolarini AQShga bormaslikka chaqirdi
Jahon | 22:59 / 09.04.2025
Mavzuga oid

10:47 / 11.04.2025
Isroil bilan to‘qnashuvdan so‘ng HAMASdan nima qoldi?

09:49 / 10.04.2025
Tramp: Isroil Eronga qo‘shma zarba berishda yetakchi bo‘ladi

09:15 / 09.04.2025
Isroil sudi ShABAK rahbarining ishdan olinishini vaqtinchalik blokladi

09:05 / 09.04.2025