Jahon | 19:06 / 07.04.2018
41896
1 daqiqa o‘qiladi

Skripal o‘ziga keldi va gapira boshladi – OAV

Foto: TASS

Britaniyaning Solsberi shahrida zaharlangan GRU sobiq polkovnigi Sergey Skripal o‘ziga keldi va gapira boshladi. Bu haqda Sky News telekanali boshlovchisi ma'lum qildi, u ma'lumot manbasini oshkor etmagan.

Sputnik xabariga ko‘ra, telekanal efirida Skripal «endi o‘ta og‘ir ahvolda emasligi, davolanish yaxshi reaksiya berayotgani, u o‘ziga kelgani va gapira boshlagani» haqida ma'lum qilishgan.

U yerdan ta'kidlashlaricha, politsiya yaqin vaqt ichida sobiq polkovnik bilan suhbatlashishdan umid qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Skripalning ahvoli yaxshilangani xabar qilingandi.

Mavzuga oid