2018 yilgi davlat dasturi loyihasi umumxalq muhokamasiga qo‘yildi
«Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili» Davlat dasturi loyihasi umumxalq muhokamasiga taqdim etildi. Hujjat bilan «Taraqqiyot strategiyasi» Markazi tomonidan maxsus yaratilgan 2018.strategy.uz veb-saytida tanishish hamda fikr va takliflarni bildirish imkoni mavjud. Bu haqda «Taraqqiyot strategiyasi» markazi ma'lum qildi.

Dastur loyihasi 237 banddan iborat bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yilning 22 dekabr kuni Oliy Majlisga taqdim etgan murojaatnomasida keltirilgan asosiy g‘oya va takliflar, shuningdek 2017–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan asosiy vazifalarni inobatga olgan holda ishlab chiqildi.
Jamoatchilik muhokamasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 28 dekabrdagi «Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili»da 2017–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirishga oid Davlat dasturi loyihasini ishlab chiqishning tashkiliy chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoyishiga ko‘ra shu yilning 15 yanvariga qadar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Keng jamoatchilik vakillari, mahalliy va xalqaro ekspertlar ishtirokida bo‘lib o‘tadigan muhokamalar doirasida turli anjuman va davra suhbatlari tashkil etiladi. Shuningdek, muhokamalar OAV hamda ijtimoiy tarmoqlarda ham muntazam o‘tkazib boriladi. Davlat dasturi loyihasi jamoatchilik muhokamalari natijalari tahlili va kelib tushgan takliflar asosida yanada takomillashtiriladi.
Eslatib o‘tamiz, «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili» Davlat dasturi ham jamoatchilik muhokamasidan so‘ng qabul qilingan edi.
Tavsiya etamiz
Magic City'ning egasi yana o‘zgaradi
O‘zbekiston | 21:22 / 17.03.2025
«Balki uddalarmiz, balki yo‘q». Tramp ertaga Putin bilan gaplashishga va’da berdi
Jahon | 20:36 / 17.03.2025
Emmanuel Makron Yevropaga «yadroviy qalqon» taklif etdi
Jahon | 12:00 / 16.03.2025
AQSh 43 davlat, jumladan Rossiya va Belarus fuqarolarining kirishini cheklashi mumkin
Jahon | 17:13 / 15.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Adliya vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi
O‘zbekiston | 16:09
-
Toshkentda noma’lum shaxs 12 yoshli qizga hamla qildi. U ruhiy xasta ekani ma’lum bo‘ldi
Jamiyat | 15:45
-
AQShda professor 380 mln yillik toshqoldiqlarning chiqindiga tashlab yuborilishiga sabab bo‘lgan universitetni sudga berdi
Jahon | 15:34
-
O‘zbekiston Avtomobil Biznesi Uyushmasi (ABA): avtomobilsozlikni barqaror rivojlantirish uchun soha yetakchilarining birlashmasi
O‘zbekiston | 15:00
Mavzuga oid

14:30 / 07.10.2023
“Bu yer biznes qiladigan joy emas” - faollar Botanika bog‘i taqdiridan xavotirda

09:41 / 03.12.2022
Jamoatchilikka “yopilayotgan” e-qaror: shaffoflik “yeng ichiga tiqib” qo‘yilmoqda

08:01 / 11.12.2021
Jamoatchilik nazoratini rivojlantirish jamg‘armasi tashkil etildi

19:19 / 11.01.2021