JARda tuyaqush uni quchmoqchi bo‘lgan kishiga hujum qildi
Janubiy Afrikada g‘azablangan tuyaqush uni quchmoqchi bo‘lgan kishiga hujum qildi. Voqea tasvirga tushirilgan video YouTube'da taqdim etildi.
Videoda kishining tuyaqushga yaqinlashgani, shundan keyin qushning xavfsirab unga hujum qilgani hamda yerga yiqitganini ko‘rish mumkin. Yaqin atrofda turgan kishilar tuyaqushni qo‘rqitib, qochirishga muvaffaq bo‘lishadi.
Video ostidagi sharhlarga ko‘ra, jabrlanuvchining ismi - Tini Van Vik. U Janubiy Afrikaning Brakpan shahridagi tuyaqush fermasida o‘sgan.
Jabrlanuvchi hech qanday jiddiy jarohat olmagan. "Men qandaydir tikanli o‘simlik ustiga quladim, hamma joyim tilindi. Shuni hisobga olmasak, hammasi joyida", - deydi Van Vik.
Bundan avval kanalimiz orqali o‘zbek yigitining tuyaqushga yaqinlashmoqchi bo‘lgani, keyin esa undan qo‘rqib qochgan videosi taqdim etilgan edi.
Mavzuga oid

22:32 / 06.02.2025
AQSh Davlat kotibi Markio Rubio G20 yig‘ilishida ishtirok etishdan bosh tortdi

12:48 / 04.02.2025
Tojikistondagi koloniyada mahbuslar qochishga urinib, qo‘riqchilarga hujum qildi

09:12 / 03.02.2025
AQSh prezidenti JARga moliyaviy yordamni to‘xtatmoqchi

11:34 / 01.01.2025