AQSh prezidenti JARga moliyaviy yordamni to‘xtatmoqchi

Jahon 09:14 2209

AQSh prezidenti Donald Tramp Janubiy Afrikaga moliyaviy yordamni to‘xtatmoqchi. Oq uy rahbari 3 fevral, dushanba kuni Truth Social'da: "Janubiy Afrika yerlarni musodara qilmoqda va odamlarning ayrim guruhlariga juda yomon munosabatda bo‘lmoqda", deb yozdi.

Gap «inson huquqlarining keng ko‘lamli buzilishi» haqida ketmoqda, dedi respublikachi. Moliyaviy yordamning to‘xtatilishi Pretoriya vaziyatni o‘rganmaguncha saqlanib qoladi, deya tahdid qildi Tramp.

Mulkni olib qo‘yishda «nol kompensatsiya»

2024 yil oxirida Janubiy Afrika prezidenti Siril Ramaposa hukumatga davlat manfaatlarini ko‘zlab ekspropriatsiya qilingan mulk uchun ma’lum sharoitlarda «nol kompensatsiya» taklif qilish imkonini beruvchi qonun loyihasini imzoladi. Yangilik hokimiyatga egasi bilan kelishuvga erishmasdan turib, o‘zboshimchalik bilan ekspropriatsiyani amalga oshirishga imkon bermaydi, deya qayd etdi Pretoriya.

Biroq ayrim guruhlar qo‘shni Zimbabveda mustaqillikka erishilganidan keyin yuzaga kelgan vaziyat takrorlanishidan qo‘rqishadi. O‘sha paytda Zimbabve hukumati oq tanlilarga tegishli bo‘lgan shaxsiy fermer xo‘jaliklarini egalariga hech qanday tovon to‘lamagan holda musodara qilgan.

Janubiy Afrikada yerga egalik qilish nozik masala bo‘lib qolmoqda. Aksariyat qishloq xo‘jaligi yerlari hali ham oq tanlilarga tegishli, hatto aparteid tugaganidan o‘ttiz yil o‘tgan bo‘lsa ham.

Ko‘proq yangiliklar: