Berlinda pichoqli hujum: ikki kishi yaralandi

Jahon 11:35 / 01.01.2025 1566

Berlin g‘arbida, Sharlottenburg rayonida 31 dekabr, seshanba kuni pichoqli hujum oqibatida ikki kishi yaralandi. Ulardan biri hamon kasalxonada, deya xabar beradi Germaniya poytaxti politsiyasi.

Huquq-tartibot idoralariga ko‘ra, favqulodda xizmatlar mahalliy vaqt bilan soat 12:00 dan biroz oldin xabardor qilingan. Erkak boshqa odamlarni pichoqlay boshlagan va bir necha o‘tkinchilar buni to‘xtatishga harakat qilishgan. Ular politsiya yetib, uni hibsga olishdan oldin hujumchini to‘xtata oldi, deb yozadi Berliner Zeitung.

Politsiya gumonlanuvchi Shvetsiyada yashovchi Suriya fuqarosi ekanligini aytdi. Taxminlarga ko‘ra, u do‘kondan pichoqni o‘g‘irlagan. Berliner Morgenpost gazetasining yozishicha, hujumchi dastlab Kvedlinburger-shtrasse va Zyommeringshtrasse kesishmasidagi supermarketga tashrif buyurganlardan biriga hujum qilgan. Keyin u yaqin atrofdagi mehmonxona tashqarisidagi yo‘lakka borgan.

«Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, gumonlanuvchida ruhiy kasallik belgilari bo‘lishi mumkin va hech qanday terrorchilik motividan dalolat yo‘q», — dedi politsiya vakili Associated Press'ga.

Hujum yuzasidan tergov Berlin jinoyat politsiyasi tomonidan olib borilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: