O‘zbekiston | 17:09 / 14.04.2017
6818
2 daqiqa o‘qiladi

Lavozimga birinchi marta tayinlangan yuridik xizmat xodimlari maxsus stajirovkadan o‘tadi

Davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmati xodimi lavozimiga birinchi marta tayinlangan shaxslarning adliya organlarida stajirovkadan o‘tishi tartibi to‘g‘risidagi Nizom tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligi Axborot xizmati xabar bermoqda.

Endilikda esa yuridik xizmat xodimi lavozimiga birinchi marta tayinlangan shaxslar o‘z kasbiy bilimlari, o‘quv va amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlash va shakllantirish, shuningdek, ishning o‘ziga xosligi, tayinlanayotgan lavozimi bo‘yicha funksional vazifalarini sifatli bajarishi uchun ilg‘or tajribani egallab olishini ta'minlash maqsadida belgilangan tartibda adliya organlarida ikki haftalik muddatda stajirovkadan o‘tadi.

Bunda, albatta, stajirovka Respublika darajasidagi davlat organlari va tashkilotlari, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari yuridik xizmati xodimlari uchun — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida, hududiy davlat organlari va tashkilotlari, shuningdek, tumanlar va shaharlar hokimliklari yuridik xizmati xodimlari uchun — tegishlicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalarida o‘taladi.

Mavzuga oid